Bayram tuhfasi
⚜️Mustqailligimizning 30 yillik shodiyonasi mamlakatimiz bo'ylab o'zgacha shukux va o'zga fayz bilan keng nishonlanmoqda. Tinch, osoyishta kunlarimiz tantanasi barchaga quvonch ulashdi. Oramizda yana shunday fidoiy insonlar borki, ularning quvonchi ikki karra ortdi.
✨Sababi ularning sadoqat bilan davlatimiz taraqqiyoti yuksalishida munosib xissalarini qo'shib kelayotganligi yurtboshimiz tomonidan alohida taqdirlandi.
⚡️✨Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi Obidjon Ibragimov ham mana shunday sharafli mukofotga loyiq deb topildi. Farg'onalik izlanuvchan, iqtidorli yoshlar qatorida Obidjonga ham mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan ko'krak nishoni topshirildi.
????Obidjonga yutuqlari davomli bo'lishida va kelajakda bundanda yuksak mukofotlarga sazovor bo'lishida tilakdoshmiz.
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Matbuot xizmati