Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xalqaro fakultet

Bosh sahifa

Xalqaro fakultet

Xalqaro fakultet


Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorining 2020 yil 1-fevral 40k-sonli buyrug’i asosida Xalqaro fakultet  tashkil etildi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab Fakultetda Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muaassasalari bilan qoʼshma dastur asosida tashkil etilgan  Davolash ishi, Stomatologiya, Pediatriya, Farmatsiya yoʼnalishlari boʼyicha talabalar oʼqib kelmoqda. Fakultetda Xindiston, Pokiston, Saudiya Аrabistoni,Аfgʼaniston, Nigeriya, Qirgʼiziston va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlardan kelgan 150 nafar talabalar rus va ingliz tillarida taxsil olmoqda.

Xalqaro fakultet quyidagi ishlarni amalga oshiradi va nazorat qiladi:

-oliy taʼlimni takomillashtirish boʼyicha dasturlarda ishtirok etadi;

-professor-oʼqituvchilar, talabalar va hodimlarning akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etadi;

-Oʼzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar elchixonalari bilan aloqani taʼminlaydi;

-Oʼzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan aloqani taʼminlash;

-xorijiy talabalar qabulini tashkil qilish va amalga oshirish;

-xorijiy talabalarning tarbiyasi va muhitga koʼnikishi bilan ishlash;

-hamkor xorijiy OTMlari bilan axbarot almashish va hamkorlikda ishlash;

-xorijiy fuqarolar uchun viza talabnomalarni tayyorlash.

 

person

Fakultet dekani

Xaydarova Nigora Obidovna

Qabul vaqti:
 

Chorshanba -14:00 -17:00, Juma-14:00 -17:00

Telefon:
 

+998954010661

Elektron pochta:
 

user0107@inbox.ru

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalar, o’quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O’quv mashg’ulotlarini o’tkazish jadvallarini tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o’zlashtirishi va davomatini tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, o’zlashtirish ko’rsatkichlarini,  intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o’tkazish to’g’risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya tayinlash xay’ati ishini tashkil qilish va boshqarish, talabalarga stipendiya berilishi to’g’risida buyruq loyixasini tayyorlash;
  • Yakuniy davlat attestatsiyalarini Nizom talablari asosida tashkil qilish xamda talabalarni  davlat attestatsiyasida qatnashishlarini ta’minlash;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
  •  Professor-o’qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o’qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida ingliz tilini o’rganishni tashkil etish, ingliz tilida so’zlashuv nutqini shakllantirish, amaliy  mashg’ulotlar va ma’ruzalarni ingliz tilida  o’tilishini nazorat qilish;
  • Fakultet miqiyosida xujjatlarni elektron almashinuvini, institut saytiga talabalar xaqidagi ma’lumotlarni to’liq kiritilishini ta’minlash va muntazam yangilanib borilishini nazorat qilish;  
  • Gurux murabbiylari bilan uzviy aloqa o’rnatish, faoliyatini nazorat qilish; 
  • Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig’ilishlar, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o’z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o’tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo’yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o’rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o’rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko’rib chiqish;
  • Uz vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bulgan farmoyish, yuriknoma yoki kursatmalar chikarish;
  • Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
  • Fakultetda o’qitiladigan fanlarni mazmunan va o’quv auditoriya soatlari hajmi bo’yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish ishlarini nazorat qilish;
  • Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga keng e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, boshqa Oliy ta’lim muassasa professor-o’qituvchilari va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o’quv qo’llanmalarni tayyorlashga rahbarlik qilish, kompyuter savodxonligi uchun mashg’ulotlar tashkil etish;
  • Fakultet Ilmiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish;
  • Dekan muovinlarini tayinlash bo’yicha Oliy ta’lim muassasa rektoriga tavsiyalar  berish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko’rsatmalariga asosan fakultet bo’yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

Xaydarova Nigora Obidovna 1985 yilda Farg`ona viloyati, Marg`ilon shahrida tug`ilgan, 2007 yilda Farg`ona davlat universiteti ingiliz tili filologiyasini tamomlagan.2009 yilda Farg`ona davlat universitetini Ingiliz tili mutaxassisligi Filologiya yo`nalishi Magistratura bosqichini tamomalagan. 24.08.2021-yil kunidan Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Halqaro fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.