Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti

Bosh sahifa

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti


 Fakultetda jami 5 ta yo'nalish bo'lib, "Tibbiy profilaktika ishi" yo'nalishida 380 nafar, "Kasb ta'limi: tibbiy pedagogik ish" yo'nalishida 76 nafar, "Xalq tabobati" yo'nalishida 27 nafar, "Biotibbiyot muhandisligi" yo'nalishida 64 nafar, "Oliy hamshiralik ishi" yo'nalishida 160 nafar, jami 707 nafar talaba tahsil oladi.

Fakultetga quyidagi kafedralar biriktirilgan:

1. Jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi

2. Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi

3. Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi

4. Hamshiralik ishi kafedrasi

5. Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi

6. Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi

7. Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi

8. O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi

Fakultet 1992 yili O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda Sog'liqni saqlash vazirliklarining qo'shma buyruqlari asosida Farg'ona Davlat universiteti qoshida ochilgan.

Fakultetda tahsil olayotgan talabalar nazariy bilim olish bilan birga amaliy ko'nikmalarni egallab, yetuk mutaxassis bo'lishlari uchun Farg'ona viloyatining Quvasoy hamda Farg`ona shaharlari sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazlarida, davolash-profilaktika muassasalarida hamda klinik bazalarda o'quv mashg'ulotlari tashkil etilgan.

Fakultet dunyoning yetakchi, ilg'or institut va universitetlari bilan xalqaro aloqalarni o'rnatgan. Jumladan, Belorussiya tibbiy ta'lim akademiyasi, Rossiyaning Kursk davlat tibbiyot universiteti, O'sh davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Hozirda fakultetga tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD Ashurova Mukadas Djaloldinovna rahbarlik qilib kelmoqda.

Manzil: Farg'ona shahri Tinchlik MFY, Ozodlik ko'chasi, 1-uy.

Elektron pochta: Mukadasahurova@gmail.com

 

person

Fakultet dekani

Ashurova Mukadas Djaloldinovna

Qabul vaqti:
 

Dushanba-15 00 -1700 Chorshanba-15 00 -1700

Telefon:
 

+998939838000.

Elektron pochta:
 

Mukadasahurova@gmail.com