Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yoshlar kuni arafasida institutining bir qator talabalari 6 yillik...

Yoshlar kuni arafasida institutining bir qator talabalari 6 yillik o’quv jarayonini yakuniga yetkazib, o’z kasblariga sodiqlikni ifodalash maqsadida qasamyod qabul qildilar

Tantanali ravishda o’tkazilgan qasamyod marosimi Farg’ona shahrida joylashgan I.A.Karimov nomidagi madaniyat saroyida bo’lib o’tdi.
   Tadbirda 130 nafar bitiruvchi talabalar, shuningdek, ularning ota-onalari, ustozlar, institut rektori hamda viloyat hokimining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari ham ishtirok etdilar. So’zga chiqqan mas’ullar bitiruvchi yoshlarni bugungi kun bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ularga omad va zafar hamisha yor bo’lishiga tilakdosh bo’ldilar. Shundan so’ng davlatimiz madhiyasi yangradi va tantanali qasamyod marosimi boshlandi.

   Bugun mustaqil hayot sari qadam qo’yayotgan talabalarning quvonchi cheksiz. Hayajoni bisyor. Bugun ularga bildirilgan ishonch mana shunday xislar ortida ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Zero bugungi kun yoshlarining bilimi va intilishi ertangi kun taraqqiyotining muhim poydevoridir.

   Aytish joizki, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashki etilganiga hali ko’p bo’lmadi. Bugun institutning birinchi bitiruvchi talabalari zimmasiga shifokor nomini olib mashaqqatli va mas’uliyatni kasb hodimlari safiga qo’shilmoqda. O’ylaymizki, kelgusida talabalarimiz o’zlariga belgilangan vazifani oqlab xalqimizga sidqidildan xizmat qiladi.