Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Yangi O’zbekiston sari ilk qadam

 

O’tib borayotgan bugungi kun nafaqat yurtimiz taraqqiyoti balki butun o’zbek xalqi farovonligi va istiqbolini belgilovchi muhim sana sifatida tarihga muhrlanmoqda. Bugungi kun O’zbekiston Respublikasining keyingi 5 yillik taqdirini belgilab beruvchi jarayonni o’z ichiga qamrab oladi. O’z kelajagiga befarq bo’lmagan har bir inson belgilangan saylov uchastkasiga borib, munosib deb bilgan nomzodiga erkin ovoz bermoqda. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tashkil etilgan 10-11 saylov uchastkalarida ham bu jarayon qizg’in tarzda davom etmoqda. O‘z ovozlarining muhim ahamiyatga ega ekanligini his qilib, xohish-irodalarini erkin ifoda etayotgan keksa-yu yosh saylovchilarga yaxshi kayfiyat ulashish va sharoit yaratishga keng e'tibor qaratilyapti. Vatan madhini tarannum etayotgan kuy-qo’shiqlar esa ishtirokchilarga yuqori kayfiyat, ko’tarinki ruh, shuningdek, vatavparvarlik xissini ulashmoqda.

  Prezidentlik saylovi har bir mamlakat uchun iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. Bugungi kun har bir O’zbekiston fuqarosi uchun muhim va mas’uliyatli kundir. Yurtimiz istiqboliga xissa qo’shish, farzandlarimiz, kelajak avlod uchun mustaqil, tinch va osoyishta hayot qoldirish bizning burchimizdir. Men ham ushbu pozitsiyamga tayangan holda, davlatimiz taraqqiyoti va rivojlanishi yo’lida har tomonlama munosib deb topgan nomzodimga ovoz berdim.

Prezidentlik saylovi jahon standartlariga mos ravishda, erkin va shaffof tarzda o’tkazilmoqda. Mahalliy aholi vakillari, institutimiz jamoasi va talabalari ham o’z inon-ixtiyorlariga ko’ra ushbu tadbirda ishtirok etib ovoz berdilar. Xalqimiz chehrasida xush kayfiyat, ertangi farovon kunlarga umid, ishonch xislari yo’g’rilib turibdi. Ishonamanki, bugungi saylov jarayoni orqali “Yangi O’zbekiston” sari ilk qadam qo’ydik. Zero, o’z tanlovimiz orqali o’z kelajagimizni belgilaymiz!

Sidikov Akmal Abdikaharovich
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori

Fikr qoldiring

Comments (0)

    No comments found.