Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Tomoq Og‘rig`i: Sabablari, Davolash, Maslahatlar

Tomoq og’rig’i — yutinish bilan kuchayadigan og’riq, shuningdek, tomoqning «tirnalish»i, tomoqdagi achishish va quruqlik — bu ko’pincha bemorlar tomonidan terapevt yoki otorinolaringolog shifokori qabulida qilinadigan shikoyatlardir. Bunday klinik belgilar ko’plab kasalliklarga xosdir. Tomoqdagi og’riqni davolashni boshlashdan oldin uning sababini aniqlash kerak va bu mutaxassis tomonidan batafsil tekshirilishini talab qiladi. Ko’p hollarda tomoqdagi og’riq boshqa alomatlar, jumladan nafas yo’llari (respirator) kasalliklari (to’mov, yo’tal), shuningdek, isitma va mahalliy limfa tugunlarining kattalashishi bilan birga keladi. Tomoq og‘rig‘i shamollashning eng ko‘p tarqalgan alomatlaridan biridir. Ushbu simptom keng ko‘lamdagi sezgilarga ega — tomoqning yengil qizishidan tortib to yutinishni qiyinlashtiradigan kuchli noqulaylikkacha.

Aksariyat hollarda, ushbu holatlar yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishiga olib keladigan va o‘ziga xos davolash kursini talab qilmaydigan virusli infeksiyalar bilan zararlanish natijasidir. Hozircha shamollashni keltirib chiqaruvchi viruslarga nisbatan (gripp virusi bundan mustasno) muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsata oladigan vositalar mavjud emas. Ammo inson organizmi bu vazifani a’lo darajada bajara oladi va kasallik jarayonida viruslarni samarali yo‘q qiluvchi maxsus oqsil-antitelalar ishlab chiqaradi. Har qanday shamollash turiga taalluqli bo‘lgan umumiy qoida yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishdir. Bu organizmning zaharli moddalar, ya’ni toksinlar bilan zararlanishini kamaytiradi va yengilgan viruslarni chiqarib yuborishni tezlashtiradi. Tomoq og’rig’ini ko’pincha uy sharoitida davolasa ham bo’ladi.

Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashingiz kerak. Avvalo, tuman terapevtiga tashrif buyuring. Otolaringolog, stomatolog yoki boshqa mutaxassislarning qo’shimcha konsultatsiyasi talab qilinishi mumkin. Agar tomoq yallig’lanishi shamollash yoki gripp fonida rivojlangan bo’lsa, tomoqni chayqaysh uchun moychechak, mavrak (shalfey) damlamalari, soda, oddiy tuz yoki dengiz tuzi, vodorod peroksid (1 stakan suvga 1 choy qoshiq 3% eritmasi) dan foydalanish tavsiya etiladi. Yaxshi davolash ta’siriga sarimsoq damlamasi (200ml qaynoq suvga 3 bosh sarimsoq) ham ega.

Fikr qoldiring

Comments (0)

    No comments found.