Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Prezident davlat stipendiyasi qaysi kurs talabalariga beriladi? Prezident stipendiyasini olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kimlarga beriladi? Stipendiya qaysi yo‘nalishlar va mezonlar bo‘yicha beriladi? Prezident davlat stipendiyasi uchun qanday hujjatlar topshirish kerak? Bu haqda quyida batafsil tanishib olishingiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Har yili davlat oliy ta’lim muassasalarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistrantura talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlanib kelinmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish, nomzodlar uchun kerakli hujjatlar va nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida sodda tilda batafsil to‘xtalib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kimlarga beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
Stipendiya qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta) quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:
•        qishloq va suv xo‘jaligi;
•        texnika va informatika;
•        sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
•        ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;
•        tabiiy fanlar;
•        biznes va boshqaruv;
•        pedagogika;
•        madaniyat, san’at va sport;
•        xorijiy tillar;
•        huquq va xalqaro munosabatlar;
•        jurnalistika.
Ushbu ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har o‘quv yili boshida, ta’lim yo‘nalishlaridagi ustuvorliklarni o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasiga binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Stipendiya qanday mezonlar asosida beriladi?
Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
•        umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
•        yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
•        kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
•        tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
•        O‘zbekiston tarixini bilish.
Ushbu mezonlar bilish qanday aniqlanadi?
•        Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
•        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha o‘z bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar.
•        Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Fikr qoldiring

Comments (0)

    No comments found.