Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

OIV va OITSsiz kelajak sari

      Joriy yilning 27-oktabr sanasi Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida narkotik moddalarning suiste'moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo'yicha soha mutaxassislari va talaba yoshlar o'rtasida ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.Afsuski, yoshlarimiz orasida narkotik moddalariga o’rganib qolish kabi noxush xolatlar ham uchrab turibdi. Bu kabi xolatlarning oldini olish, unga qarshi profilaktika tadbirlarini olib borish maqsadida, ayni kunlarda viloyatimizdagi oliy tahlim muassasalarida uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Navbatdagi davra suhbati Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bo’lib o’tdi.

“Narkotik moddalarning suistehmoli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” mavzusida o’tkazilgan ushbu tadbirga bir qator soha mutaxassislari ham taklif etildi. Tadbirni ochib berish uchun Yoshlar masalalari va mag’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D. Xolmatova so’zga chiqdi, narkotik moddalarning suisteg’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, yag’ni narkotik moddalarga o’rganib qolish, ruju qilish, aniqrog’i tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga istehmol qilish natijalari xaqida gapirib o’tdi.  So’zga Viloyat OITS ga qarshi kurash markazi epidemiolog vrach Uralova Nargiza Omonovna chiqdi va o’z so’zida giyoxvandlikka ro’ju qo’yish oqibatida palapartish hayot tarzi, xar xil yomon illatlarga o’rganish oqibatida OITS kasaligiga chalinish xolatlari ham kuzatilayotgani, shuning uchun avvalo yoshlarimizni birinchi o’rinda giyoxvandlikdan asrash va tartibli hayot kechirish va OITSdan saqlanish yuqtirmaslik yo’llari borasida o’z maslaxatlarini berib xar bir inson shaxsiy gigienaga eg’tiborli bo’lishini takidlab o’tishdi.

So’zga Farg’ona boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili Xaydarov Temurmalik chiqdi va giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, o’zini tiya olmaydigan, o’tkir sezgilarni o’zida sinab ko’rishga qiziquvchan, ruhan zaif va o’ta xudbin kishilar beriluvchan bo’ladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni istehmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand bo’lishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qo’l ostida bo’lishi xaqida gapirib o’tdi. Tadbir davomida so’z narkalogiya dispanseri shifokori Axrorov Abdujabbor Yuldashovichga berildi.

SHifokor giyohvandlik sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi:

1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining o’zgarishi va ruhiy bog’lanishning ‘aydo bo’lishi;

2) xumor (abstinent) sindromi ko’rinishida jismoniy bog’lanishning yuzaga kelishi;

3) organizm barcha sistemalarining kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va ko’’roq miqdorda iste’mol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan bo’lib qoladi.

Bunday ahvoldan qutilish va o’zini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qo’yish kelib chiqishi haqida aytib o’tdi.

Fikr qoldiring

Comments (0)

    No comments found.