Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Bola isitmalaganda birinchi yordam ko‘rsatish.

Yuqori harorat — organizmning tashqaridan bo‘ladigan xavf, masalan infeksiyadan himoya reaksiyasidir. 

Qo‘ltiq chuqurchasida o‘lchaganda, 36,0—37,0 daraja harorat normal hisoblanadi. Harorat sutka qismi, yosh va jismoniy faollikka qarab o‘zgarib turishi mumkin.Tana harorati unchalik xavfli bo‘lmagan kasallik chog‘ida ham ancha yuqori ko‘tarilishi mumkin. 

Bunday paytlarda ota-ona g‘aflatda qolmasligi uchun bolaga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan xabardor bo‘lishi lozim.

Bolaning tana harorati 38 darajadan yuqori bo‘lmasa, isitmani tushiradigan dori-darmonlar berish kerak emas. Gap shundaki, yuqori haroratda organizm infeksiya bilan samaraliroq kurashadi, shuning uchun juda zarur bo‘lmasa, uni tushirish tavsiya etilmaydi.
 
Agar harorat 38 darajadan yuqori ko‘tarilsa, bolaga shifokor tomonidan tavsiya etilgan isitmani tushiradigan dori-darmon berish lozim. Juda yosh bolalarga shamdori shaklidagi, kattaroqlariga sirop ko‘rinishidagi preparatlarni qo‘llash mumkin.
Isitma sababini aniqlash uchun albatta shifokor chaqiring. Boladagi tumov, yo‘tal, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, toshma kabi boshqa belgilarga e’tibor bering.

Fikr qoldiring

Comments (0)

    No comments found.