Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Umumiy xirurgiya

Bosh sahifa

Umumiy xirurgiya

Umumiy xirurgiya

“Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasining tarixi mazkur oliy o‘quv yurtining tashkil topishi va yuksalish bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir.

Tibbiyot Markazida dastlab Ijtimoiy-gumanitar fanlar va Umumtibbiy fanlar” kafedralari mavjud bo‘lib, keyinchalik 1994 yilda Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etilgan.

1994-1996 yillar davomida kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi B.B.Mirzayev (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A.Abdulxasanov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi I.K.To‘ychiyev (1993-1996 y.) va assistent X. Abdullayevlar faoliyat yuritishgan.

SIDDIQOV Obidjon Siddiqovich

Tibbiyot fanlari doktori, professor

1993-2000 yillarda Klinik (Jarrohlik) fanlar kafedrasi mudiri

1942 yilda Quva tumani, Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1963 yilda Andijon Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirib, 1969 yili institutni a’lo baholarga bitirgan O.S.Siddiqov Quva tumani markaziy shifoxonasi xirurgiya bo‘limiga vrach-ordinator etib ishga tayinlanadi.

1971 yilda O.S.Siddiqov Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi 3-xirurgiya bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlanadi. Professor I.Yu.Ibadov rabarligida “Me’da va 12-barmoqli ichak yara kasalligi asoratlarini xirurgik davolash” mavzusida nomzodlik disertatsiyasi ustida ilmiy ish olib boradi. 1977 yilda dissertatsiyani yoqlab, fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ladi. Andijon Davlat tibbiyot institutining gospital xirurgiya kafedrasida assistent lavozimida talabalarga dars beradi.

O.S.Siddiqov 1985 yili yanvar oyida Moskva Davlat 2-tibbiyot instituti Ilmiy Kengashida O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor I.Yu.Ibadov, professorlar V.S.Mayat, Yu.V.Nesterenko ilmiy rahbarligida “Yarali piloroduodenal stenozlarning kechki bosqichlarini xirurgik davolash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va tibbiyot fanlari doktori sharafli nomiga sazovor bo‘ladi. O.S.Siddiqov doktorlik dissertatsiyasini yoqlagandan so‘ng, bir necha yil davomida Andijon Davlat tibbiyot instituti gospital xirurgiya kafedrasida professor lavozimida, umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat qildi. 1993 yilda Farg‘ona Davlat universitetida tibbiyot fakulteti ochilishi munosabati bilan O.S.Siddiqov ushbu fakultetga ishga taklif qilinadi va 1993 yilda klinik fanlar kafedrasini tashkil etadi. Klinik fanlar kafedrasi Farg‘ona viloyati klinik shifoxonasi bazasida xirurgiya bo‘limida tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 1993-yil №279-sonli buyrug‘i bilan kafedra viloyat klinik kasalxonasining “Abdominal jarrohlik” bo‘limiga joylashtirilgan. 1992 yildan 1996 yilgacha kafedra alohida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1996 yilda kafedra Ichki kasalliklar kafedrasiga qo‘shilib, Klinik fanlar kafedrasi tashkil etilgan va kafedraga 1996-1998 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi U.T. Sodiqov mudirlik qilgan.

1998 yildan Jarrohlik kasalliklari kafedrasi yangidan tashkil etilib, kafedraga 1998-2002 yillarda yana tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari doktori G’.N.Rayimov (1997-2008), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent X.T.To‘xtasinov (1996-2016), tibbiyot fanlari nomzodi (doktorant) B.B.Mirzayev (1996 yildan hozirgacha), tibbiyot fanlari nomzodi A.T.Sultonov (1996-2014), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1996-2005), tibbiyot fanlari nomzodi R.T.Yusupova (1996-2016) lar faoliyat ko‘rsatishdi. 2002-yildan kafedraga tibbiyot fanlari doktori B.B.Mirzayev mudir etib tayinlangan va 2002-2016 yillar davomida kafedraga rahbarlik qilgan.

 

Описание: D:\Жарроҳлик касалликлари ва патология асослари кафедраси\Кафедра проф-ўқитувчилари хакида маълумот\А.Т. Султонов .jpgSULTONOV Abduvoxid To‘tiyoyevich

Tibbiyot fanlari nomzodi,

1994-2014 yillarda kafedra dotsenti

1949 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tavallud topgan. 1972 yili Andijon Davlat tibbiyot institutining Davolash ishi fakultetiga o‘qishga kirgan va uni 1978 yilda imtiyozli tamomlagan.

Pedagogik faoliyatini 1980 yili shu kafedra assistenti lavozimidan boshlagan. A.T.Sultonov Respublika klinik limfologiya markazining asoschisi professor S.U.Djumaboyev rahbarligida jarrohlikda, umuman klinikada bemorlarni limfatik usullar bilan davolash mavzusida ilmiy tekshirish ishlarini olib borib, 1988 yili Moskva shahrida “Vliyaniye mexanicheskoy jeltuxi i eye xirurgicheskoy korreksii na limfoticheskuyu sistemu tonkoy kishki” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

A.T.Sultonov 1994 yilda Farg‘ona shahriga kelib, 1994-1998 yillarda Farg‘ona Davlat universiteti “Tibbiyot Markazi” Jarrohlik kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1998-2009 yillari II-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali I-Klinik fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. Shu bilan birgalikda 2003 yildan 2008 yilgacha filial kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi lavozimlarida ishlagan. 2009-2014 yillarda Jarrohlik kasalliklari kafedrasi dotsenti lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Hozirda pensiyada.