Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 400-01-14

info@fjsti.uz

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Tibbiy kimyo va biologik kimyo kafedrasi

Bosh sahifa

Tibbiy kimyo va biologik kimyo kafedrasi

Tibbiy kimyo va biologik kimyo kafedrasi

  Ushbu kafedra 1993 yilda Farg’ona Davlat Universiteti Tibbiyot markazida “Tibbiy biologiya va kimyo” kafedrasi maqomida shakllantirilgan. 2020 yil avgustdan buyon Kimyo va biologiya kafedrasi nomi ostida qishloq-xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent Marupova Manzura Aminovna rahbarlik qilmoqda. O’tgan davrda, kafedra professor-o’kituvchilarining va iqtidorli talabalarining bajargan ilmiy izlanishlari natijalari 150 dan ortiq ilmiy maqolalarda xorijiy davlatlar va respublikamizning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan va qator ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar qilingan.
Kafedrada quyidagi fanlar o`qitiladi
 1.Tibbiy kimyo
 2.Biokimyo
 3.Tibbiy biologiya.Umumiy genetika
 4.Ximiya
5.Umumiy va anorganik kimyo kabi fanlar o’qitilmoqda.
     Marupova Manzura Aminovna (dotsent) - Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Kimyo va biologiya kafedrasi mudiri. 1957 yilda Farg’ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. Kimyo va biologiya o’qituvchisi. 2020 yil avgustdan Kimyo va biologiya kafedrasi mudiri.Umumiy staj 41 yil, xammasi ilmiy pedagogik. “Pestitsidlarni kimeviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash masalalarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Elektron pochtasi marupova.manzura@gmail.com  Telefon raqami +998 90 6317157
     Rahmatullayev Izatulla -  Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti  “Kimyo va biologiya” kafedrasi dotsenti, k.f.n. Rahmatullayev I.  1948 yil 20 mayda Andijon viloyati Marhamat tumanida tavallud topgan. 1968–1973-yillarda Farg’ona Davlat pedagogika institutini “Biologiya – kimyo “mutaxassisligi bo’yichya tamomlagan. Organik sintez bo’yicha ilmiy ishlarini Riga shaxridagi Latviya Fanlar Akademiyasi  Organik sintez institudagi “ Sintetik dorivor moddalar sintezi “ laboratoriyasida olib brogan. 2020-yil sentabr oyidan boshlab Kimyo va biologiya kafedrasida dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.“ Glikozilizotiotsionat asosida uglevod hosilali dorivor moddalar sintezi “ yo’nalishida  ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Elektron pochtasi: rizat1948@mail.ru Telefon raqami: +998903034658.
      Yakubov Ilxam Yuldashevich – Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Kimyo va biologiya kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi. 1949 yilda Farg’ona viloyati, Quva tumanida tug’ilgan. 2020 yildan boshlab hozirgi kungacha Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Kimyo va biologiya kafedrasi” ning dotsenti vazifasini bajarib kelmoqda. “Mikroelementlar tutgan shifobaxsh o’simliklarning tibbiyotda qo’llanilishi” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Telefon raqami: +998902312638 Elektron pochta: yakubov.ilham@mail.ru
 
   Axadjonov Mavlonjon Maxmudjon o’g’li - Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Kimyo va biologiya kafedrasi assisteni.  1991 yilda Farg’ona viloyati O’zbekiston  tumani Karmak MFY da tug’ilgan. Materiallar va moddalar kimyosi (organik materiallar bo’yicha) mutaxassis. 2020 yil sentabr oyidan boshlab Kimyo va biologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Fungitsidlarni kimyoviy tarkibiga ko’ra sinflanishi takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Elektron pochtasi mavlonbek.ahadjonov.91@mail.ru Telefon raqami +99891-113-33-99
 Kadirova Xulkaroy Abduvasiyevna - Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Kimyo va biologiya kafedrasi assisteni.  1984 yilda Farg’ona viloyati Farg’ona shaxrida tug’ilgan. Biologiya (odam va hayvonlar fiziologiyasi) bo’yicha mutaxassis. 2020 yil sentabr oyidan boshlab Kimyo va biologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Farg’ona vodiysi florasidagi efemerlar” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Elektron pochtasi hulkaroykadirova81@gmail.com Telefon raqami +99891-105-83-78