Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Pediatriya kafedrasi

Bosh sahifa

Pediatriya kafedrasi

Pediatriya kafedrasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №282 sonli buyrug‘i bilan Davolash ishi, Pediatriya yo‘nalishlarida mutaxassislik va maxsus fanlarni o‘qitilishi boshlanishi munosabati bilan “Pediatriya” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida joylashgan.

 

 

 

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

1. Bolalar kasalliklari propedevtikasi;

2. Bolalar kasalliklari. Neonatologiya;

3. Pediatriya, Neonatologiya;

4. Pediatriya;

5. Bolalar jarrohligi;

6. Shoshilinch xolatlar. Tez tibbiy yordam fanlaridan;

7. Ishlab chiqarish amaliyorlaridan Davolash ishi, kasbiy taʼlim, tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishlari talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tiladi.

Pediatriya (Xalqaro qo‘shma fakultet):

1. Zdorovya i zdoroviy obraz jizni v prof. rabote vracha;

2. Sovremennie aspekti antropogenetiki fanlaridan;

3. Ishlab chiqarish amaliyorlaridan Pediatriya yo‘nalishlari talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tiladi.

2020-2021 o‘quv yilida kafedrada jami: 15 nafar, shundan 6 nafar professor-o‘qituvchilar (3 nafar fan nomzodlari) asosiy ish o‘rinlarida, 9 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalarKafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 33,3%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 27% ni tashkil etadi.2020-2021 o‘quv yilida kafedraning 2 nafar (Qobilova D.K. va Mullajonov X.E.) xodimlarini (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olishligi uchun mustaqil izlanuvchi institutiga kirish maqsadida xujjatlar topshirishga erishildi.

Kafedraga 2020-yildan vrach-pediatr t.f.n. R.M. Shermatov rahbarlik qilib kelmoqda.

   Shermatov Rasuljon Mamasiddiqovich - tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-pediatr. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Pediatriya” kafedrasi mudiri.

1966-yil 5-avgustda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. 1992 yil Аndijon Davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: vrach-pediatr.Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1994 yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti, kafedra katta o‘qituvchi, kafedra dotsenti, o‘quv bo‘limi boshlig‘i va bir qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Pediatriya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. R.M. Shermatov, ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 27 yil, shu bilan birga amaliy tibbiyotda 29 yillik tajribaga ega bo‘lgan vrach-pediatr.2011-yilda “Морфофункциональные основы приспособительных перестроек слизистой оболочки желудка после  тотальной резекции толстой кишки” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 70 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan. 

Qabul kunlari: Xaftaning xar Seshanba kunlari soat 15.00 dan – 17.00 gacha.

E-mail: r.m.shermatov@mail.ru  

Telefon raqami: +99891 206-02-23, +99899 605-77-08

   Аxmedovа Matluba Muhammadjonovna - tibbiyot fanlari nomzodi, vrach pediatr. 1953 yil Farg‘ona viloyatida ishchi oilasida tug‘ilgan.1976 yilda Аndijon Davlat tibbiyot institutini Pediatriya ishi yo‘nalishini tamomlagan. 1986 yil Toshkent Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasida klinik ordenaturani tugatgan.Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1995 yildan boshlab faoliyat olib boradi,dastlab katta o‘qituvchi, kafedra dotsenti so‘ngra kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Pediatriya” kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.1992 yilda “Клиника – иммунологические особенности пылевой и пыльцевой бронхиальной астмы у детей” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.U o‘zining faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 50 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Telefon raqami: +99893 732-75-35

 

Xaydarov Nodirjon Sovridinovich - Bolalar xirurgi. Fargʼona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Pediatriya” kafedrasida, stajyor-oʼqituvchi lavozimida 2020 yil 2 sentyabrdan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.
1988 yil 25 noyabrda Fargʼona viloyati, Fargʼona tumanida tugʼilgan. 2016 yil Аndijon Davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakulьtetini tamomlagan. 2019 yil Аndijon Davlat tibbiyot instituti Bolalar xirurgiyasi yoʼnalishida magistraturani tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: Bolalar xirurgi.