Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Patologiya asoslari kafedrasi

Bosh sahifa

Patologiya asoslari kafedrasi

Patologiya asoslari kafedrasi

 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining 2020-yil 18-avgustdagi 282-k sonli buyrugiga asosan Normal va patologik fiziologiya kafedrasi tashkil etildi va unga Rasulova M.T kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Kafedra asosiy binoning 2-qavatida joylashgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

 

1. Normal fiziologiya;2. Patologik fiziologiya.

Normal va patologik fiziologiya kafedrasida

Davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralar, biotibbiyot muhandisligi, xalq tabobati, kasbiy ta'lim yo‘nalishlariga hamda qo‘shma dastur: Stomatologiya, Pediatriya va Davolash yo‘nalishlariga normal va patologik fiziologiya fanlari o‘qitiladi

Kafedrada 16,5 shtat birligi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 14 nafar professor o‘qituvchi hodimlar faoliyat yuritadi. Shundan 1 nafari tibbiyot fanlar nomzodi, 1 nafari PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar  assistent, 1 nafar magistr, 1 nafar ordinator, 7 nafari esa stajiyor o‘qituvchilardan iborat.

Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 2,8 %  tashkil etadi.

Kafedraga 2021-yildan  t.f.n. T.Z.Xamraqulov rahbarlik qilib kelmoqda.

  Hamraqulov To‘lqin Zokirovich - tibbiyot fanlari nomzodi, sanitariya gigiena va epidemiologiya vrachi. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri.

1966-yil 23-noyabir Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 1992-yil Toshkent Davlat tibbiyot institutining Tibbiy profilaktika ishi fakultetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: sanitariya gigiena va epidemiologiya vrachi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1995-yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti, kafedra katta o‘qituvchi va bir qator davlat sanitariya epidemiologiya xizmati markazida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1995-yilda “Роль нарушений гемореологии в патогенезе микроциркуляторных расстройств при развитии  гипоксической и гемической гипоксии mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 70 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.

Qabul kunlari: Xaftaning xar Seshanba kunlari soat 15.00 dan – 17.00 gacha.

Telefon raqami: +99891 159-07-68

Bobojonov Sardorbek Solijon o‘g‘li- 2020-yildan «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasida assistenti.

1992-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2017-yil Andijon davlat Tibbiyot institutini bakalavr darajasini,  2019-yil Kardiologiya yo‘nalishigada klinik ordinatura ni tamomlagan. 2019-yildan Andijon shahrida «Medservice kardio» xususiy shifoxonasiga kardiolog sifatida ishlagan. 2020-yil 2-sentyabrdan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasiga assistenti va Xalqaro fakultetning amaliyot rahbari lavozimida ishlab kelmoqdaga. S. Bobojonov 4 ta ilmiy maqola 10 ta tezisning muallifidir.

 

 

 

Xаsаnov Fazlidinxon Sharofidinovich 2020-yil sentyabrdan Normal va patologik fiziologiya kafedrasida assistenit.

1968-yil  11-avgustda Namangan viloyati Pop tumanining Guliston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985-1992- yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institut talabasi bo‘lib, 1992-yili II Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1992-1993-yillari Namangan viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya stantsiyasida internatura vrachi bo‘lib ishlagan. 1993-1995-yillari Namangan viloyat Pop tuman Davlat sanitariya epidemiologiya stantsiyasida kommunal gigiena bo‘lim vrachi lavozimida ishlagan. 1995-2015-yillari O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari safida tibbiy xizmat ofitseri lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tagan. 2020-yilnirng 2-sentyabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Normal va patologik fiziologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. F.Sh. Xasanov 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezisning muallifidir.  

 

       Nasirdinov Mavlonjon Ziyomiddinovich - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va Patologik Fiziologiya” kafedrasi   assistenti.

    1990-yil 12 oktyabrda Farg‘ona viloyati   Quva tumanida tug‘ilgan. 2011-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-prafilaktika fakultetini   tamomlagan.  Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Umumiy gigenist -          epidemiolog  vrach.  2018-yili  Morfalogiya yo‘nalishida magistraturani tamomladi. Xozirda Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va Patologik Fiziologiya” kafedrasida assistenti lavozimida          ishlab kelmoqda. Z.M. Nasriddinov 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifidir