Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Normal va topografik anatomiya kafedrasi

Bosh sahifa

Normal va topografik anatomiya kafedrasi

Normal va topografik anatomiya kafedrasi

    Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi 1998 yil 15-iyuldagi  1-sonli buyrug`i bilan “Tibbiy biologik fanlar” kafedrasi negizida “Anatomiya va gistologiya”, “ Biokimyo va biofozika” hamda farmakologiya kafedrasiga u tashkil etilgandan boshlab, to 2001 yilgacha dotsent S.M.Madaminov rahbarlik qilgan. 2001 yildan 2012 yilgacha dotsent A.A.Nishonova mudirlil qilgan. “Anatomiya va gistologiya” kafedrasiga esa tibbiyot fanlari doktori Nishonov YU.N. rahbarlik qilgan.

     O`zbekiston Resbuplikasi Vazirllar Mahkamasining 1992-yildagi №483-sonli qarori bilan Farg`ona Davlat universiteti qoshida “Tibbiyot Markazi” tashkil etildi. Tibbiyot Markazida 2ta fakultet - “Tibbiyot profilaktika ishi” hamda “Tibbiyot muhandislik ishi” fakultetlari faoliyat boshlagan. Tibbiyot Markazida dastlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “umum tibbiy fanlar”kafedralari mavjud bo`lib, keyinchalik “umum tibbiyot fanlari”kafedrasi asosida mutaxassislik kafedralari (gigiyena kafedrasi) hamda “Tibbiyot biologic fanlar” va “Kimyo” kafedrasi tashkil etilgan.

     O`zbekiston Respublikasi Vazirligi Mahkamasining 239-sonli qarori hamda Sog`liqni Saqlash Vazirligi 1998-yil 18-iyuldagi 309-sonli qaroriga muvifiq Farg`ona Davlat universitetining “Tibbiyot Markazi” Toshkent Davlat 2-Tibbiyot insituti Farg`ona filialiga aylantirildi.

    “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedrasida dastlab 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar assistant “Anatomiya va gistologiya” kafedrasida esa 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o`qituvchi, 2 nafar assistant faoliyat ko`rsatgan. 2004-2005 o`quv yilidan boshlab “Anatomiya va gistologiya” hamda “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedralari birlashtirib “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasiga aylantirildi va unga 2012 yilga qadar tibbiyot fanlari nomzodi, donsent A.A.Nishonova rahbarlik qilib kelgan. 2012 yildan 2013 yilgacha tibbiyot fanlari nomzodi R.M.SHermatov, 2013-2015 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi G`.N.Sultonov tibbiy fundamental fanlar kafedrasiga rahbarli qilishdi.hozirda kafedra mudiri vazifasida tibbiyot fanlari nomzodi R.M.SHermatov faoliyat olib bormoqda. O`tgan yillar mobaynida kafedrada ko`plab professor-o`qituvchilari yetishib chiqishdi.

 O`tkan davr mobaynida kafedra professor-o`qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasida bir qator doktorlik hamda nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilinib, kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan kafedra professori YU.N.Nishonov 1998 yilda “Yo`g`on ichakni toliq olib tashlash operatsiyasidan so`ng ingichka icahkning morfofunksiyanal moslashuvi va undagi o`zgarishlar” mavzusida, kafedra professori M.A.Abdurahmonov 2001 yilda “Surunkali toksik gepatitda immum endokrin aloqalarining strukturaviy asoslari” mavzusida doktorli dissertatsiyasini, kafedra dotsenti A.A.Nishonova 1995 yilda «Oshqozon osti bezi fermentlari sekretsiyasi duodenal korreksiyasida nerv mexanizmlarining ahamiyati» mavzusida, kafedra dotsenti G`.N.Sultonov 2007 yilda «Vozrastnые osobennosti mikrotsirkulyatornogo rusla jeludka pri alloksanovom diabete» mavzusida, kafedra dotsent R.M.SHermatov 2011 yilda “Yo`g`on ichak to`liq olib tashlanganidan so`ng me`da shilliq pardasida kechadigan moslashuv jarayonlarining morfofunksional asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ilmiy- tadqiqot ishlari natijalari bo`yicha 40dan ortiq o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 520dan ortiq xalqaro va respublika miqiyosida ilmiy maqola va tezislar chop ettirilgan.

      Kafedra professor-o`qituvchilari tibbiyotning dolzarb muammolari “Atrof muhit omillarining tirik organizmlar morfo-funksional va biologik hususiyatlariga ta`sirini o`rganish” mavzusi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda. Shu bilan birgalikda iqtidorli talabalar bilan ishlash va filial jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

2020 yildan boshlab kafedraga “Normal va topografik anatomiya” deb ataldi va kafedra mudiri etib t.f.n Madaminov S.M tayinlandi. Xozirgi kunda kafedra xodimlari tomonidan quyidagi jadvalda keltirilgan mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda:

Madaminov S.M

kafedra mudiri