Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Normal va patologik fiziologiya kafedrasi

Bosh sahifa

Normal va patologik fiziologiya kafedrasi

Normal va patologik fiziologiya kafedrasi

 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining 2020-yil 18-avgustdagi 282-k sonli buyrugiga asosan Normal va patologik fiziologiya kafedrasi tashkil etildi va unga Rasulova M.T kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Kafedra asosiy binoning 2-qavatida joylashgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

 

1. Normal fiziologiya;

2. Patologik fiziologiya.

 

Normal va patologik fiziologiya kafedrasida

Davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralar, biotibbiyot muhandisligi, xalq tabobati, kasbiy ta'lim yo‘nalishlariga hamda qo‘shma dastur: Stomatologiya, Pediatriya va Davolash yo‘nalishlariga normal va patologik fiziologiya fanlari o‘qitiladi

Kafedrada 16,5 shtat birligi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 14 nafar professor o‘qituvchi hodimlar faoliyat yuritadi. Shundan 1 nafari tibbiyot fanlar nomzodi, 1 nafari PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar  assistent, 1 nafar magistr, 1 nafar ordinator, 7 nafari esa stajiyor o‘qituvchilardan iborat.

Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 2,8 %  tashkil etadi.

Kafedraga 2021-yildan  t.f.n. T.Z.Xamraqulov rahbarlik qilib kelmoqda.

  Hamraqulov To‘lqin Zokirovich - tibbiyot fanlari nomzodi, sanitariya gigiena va epidemiologiya vrachi. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri.

1966-yil 23-noyabir Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 1992-yil Toshkent Davlat tibbiyot institutining Tibbiy profilaktika ishi fakultetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: sanitariya gigiena va epidemiologiya vrachi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1995-yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti, kafedra katta o‘qituvchi va bir qator davlat sanitariya epidemiologiya xizmati markazida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1995-yilda “Роль нарушений гемореологии в патогенезе микроциркуляторных расстройств при развитии  гипоксической и гемической гипоксии mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 70 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.

Qabul kunlari: Xaftaning xar Seshanba kunlari soat 15.00 dan – 17.00 gacha.

Telefon raqami: +99891 159-07-68

 

Bobojonov Sardorbek Solijon o‘g‘li- 2020-yildan «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasida assistenti.

1992-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2017-yil Andijon davlat Tibbiyot institutini bakalavr darajasini,  2019-yil Kardiologiya yo‘nalishigada klinik ordinatura ni tamomlagan. 2019-yildan Andijon shahrida «Medservice kardio» xususiy shifoxonasiga kardiolog sifatida ishlagan. 2020-yil 2-sentyabrdan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasiga assistenti va Xalqaro fakultetning amaliyot rahbari lavozimida ishlab kelmoqdaga. S. Bobojonov 4 ta ilmiy maqola 10 ta tezisning muallifidir.

 

 

 

Xаsаnov Fazlidinxon Sharofidinovich 2020-yil sentyabrdan Normal va patologik fiziologiya kafedrasida assistenit.

1968-yil  11-avgustda Namangan viloyati Pop tumanining Guliston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985-1992- yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institut talabasi bo‘lib, 1992-yili II Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1992-1993-yillari Namangan viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya stantsiyasida internatura vrachi bo‘lib ishlagan. 1993-1995-yillari Namangan viloyat Pop tuman Davlat sanitariya epidemiologiya stantsiyasida kommunal gigiena bo‘lim vrachi lavozimida ishlagan. 1995-2015-yillari O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari safida tibbiy xizmat ofitseri lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tagan. 2020-yilnirng 2-sentyabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Normal va patologik fiziologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. F.Sh. Xasanov 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezisning muallifidir.  

 

Ermatov Ulug‘bek Xusanboyevich – Normal va patologik fizalogiya kafedrasi stajiyor-o‘qituvchi.

1988 yilda Farg‘ona viloyati o‘zbekiston tumanida tug‘ulgan.  2009-2016-yillarda Аndijon davlat tibbiyot instituti talabasi, 2016-2017-yillarda Farg‘ona viloyati o‘zbekiston tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 74-QOPda UАSh, 2017-2019-yillarda Аndijon davlat tibbiyot instituti klinikasi nevralogiya kafdrasida klinik ordinatura, 2019-2020-yillarda FVNBShRKP markazida ekspert-reabilitolog, 2020-yil oktiyabrdan FJSTI Normal va patologik fizalogiya kafedrasi stajiyor-o‘qtuvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Boynazarov Аbbosjon Аnvarovich - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va Patologik Fiziologiya” kafedrasi   assistenti.

1990-yil 17-fevralda Fargona viloyati Fargona shaxarda tugilgan. 2016-yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya yunalishi 2019-yilda magistraturani tamomlagan. Magistratura o‘qishi mobaynida 2017-yil Farg‘ona shaxar 3-oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori sifatida, 2018-yil Farg‘ona viloyati Quva tumani tez tibbiy yordamda vrach sifatida ishlab kelgan. 2021-yil fevral oyidan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal va patologik fiziologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlamoqda. Boynazarov А. 10 dan ortiq ilmiy maqola ta tezislar muallifidir.

 

 

Boynazarov Аbbosjon Аnvarovich - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va Patologik Fiziologiya” kafedrasi   assistenti.

1990-yil 17-fevralda Fargona viloyati Fargona shaxarda tugilgan. 2016-yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya yunalishi 2019-yilda magistraturani tamomlagan. Magistratura o‘qishi mobaynida 2017-yil Farg‘ona shaxar 3-oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori sifatida, 2018-yil Farg‘ona viloyati Quva tumani tez tibbiy yordamda vrach sifatida ishlab kelgan. 2021-yil fevral oyidan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal va patologik fiziologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlamoqda. Boynazarov А. 10 dan ortiq ilmiy maqola ta tezislar muallifidir.

 

 

Nasirdinov Mavlonjon Ziyomiddinovich - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va Patologik Fiziologiya” kafedrasi   assistenti.

1990-yil 12 oktyabrda Farg‘ona viloyati   Quva tumanida tug‘ilgan. 2011-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-prafilaktika fakultetini   tamomlagan.  Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Umumiy gigenist - epidemiolog  vrach.  2018-yili  Morfalogiya yo‘nalishida magistraturani tamomladi. Xozirda Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va Patologik Fiziologiya” kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Z.M. Nasriddinov 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifidir

 

 

 

Xodjamberdiev Аkram Ilxamjanovich- sanitariya gigiena va epidemiologiya vrachi.

Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasda 2020-yildan buyon assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Ushbu o‘quv yilida Xodjamberdiev А.I. tomonidan xammualliflikda Аrxivarius nomli xalqaro jurnalda maqola chop ettirdi. Bundan tashqari institutimizda o‘tkazilgan xalqaro miqyosdagi ilmiy konferentsiyada hammualiflikda ikkita tezis chop ettirgan. Hozirda Xodjamberdiev А.I. kafedrada faqatgina dars beribgina qolmay, ilmiy ishlar bo‘yicha maʼsul xam etib tayinlangan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, o‘zini jonkuyar pedogog sifatida ko‘rsatib kelmoqda.

 

 

Usmonov Sanjar Bahromjon o‘g‘li - vrach otorinolaringolog. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi asistenti.

1991 yil 11-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Furqat tumani Shaboda qishlog‘ida tug‘ilgan. 2009-2016 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti talabasi. 2016-2018-yillar Farg‘ona shahar 2-sonli oilaviy poliklinikada umumiy amaliyot shifokori, bosh vrach muovini, 2018-2020 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti  “Otorinolaringologiya” kafedrasi ordinatori.  2020 yil sentyabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmmoqda.  S.B.Usmonov hozirda t.f.n. Fattaxov N.X. rahbarligida “Лечебный эффект гирудотерапии при неодонтогенном хроническом гайморит” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda, institutimizda o‘tkazilgan xalqaro miqyosdagi ilmiy konferentsiyada ikkita tezis chop ettirgan.

 

Mirzajonova Saboxon Аbjalilovna - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi asistenti.

1987 yilda Аndijon viloyat Izboskan tumani     To‘rtkul qishlog‘ida tugilgan. 2006-2010-yillarda Аndijon davlat universiteti Kimyo – biologiya fakulteti tamomlagan. 2010 – 2012 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya – tuproqshunoslik fakulteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi magistraturasini tamomlagan. Magistraturada taʼlim olish bilan birga kafedrada olib borilayotgan davlat garntlarida xam ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. 2012-2012- yillar-O‘zbekiston Milliy Universiteti odam va xayvonlar fiziologiyasi katta laboranti va kafedraning ilmiy grantida ilmiy xodim sifatida ish olib bordi. 2013-2014-yillar-Аndijon davlat universiteti ekologiya va botanika kafedrasi kabinet mudiri bo‘lib ishladi. 2014-2015-Farg‘ona tumani 21-maktabida geografiya va biologiya fani o‘qituvchisi va 2018-2021yil - Farg‘ona tumani 35-maktabining biologiya fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bordi. 2021-yildan Farg‘ona viloyati Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal va patologik fiziologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.