Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Bosh sahifa

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №282-sonli buyrug‘i bilan “Mikrobiologiya, virusologigiya va immunologiya” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra institutning 2-o‘quv binosida joylashgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

      1.Mikrobiologiya, virusologigiya va immunologiya

Xalqaro qo‘shma fakultet:

  1. Mikrobiologiya
  2. Immunologiya, klinicheskaya immunologiya
  3. Mikrobiologiya, virusologiya – mikrobiologiya polosti rta

 

2020-2021-o‘quv yilida kafedrada jami: 13 nafar, shundan 6 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy ish o‘rinlarida, 5 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida (bir nafari fan nomzodi), ikki nafari ichi o‘rindoshlik asosida (fan nomzodlari) faoliyat yuritmoqdalar. Kafedra tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan  ilmiy saloxiyat 23% ni tashkil etadi. Kafedraning 2 nafar (Teshaboev A.M. va Rasulov U.M.) xodimlarini (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olishligi uchun mustaqil izlanuvchi institutiga ilmiy izlanish olib bormoqda. Kafedraga 2020-yildan A.M.teshaboev rahbarlik qilib kelmoqda.

        Teshaboev Azizjon Muhammadalievich - Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiy kafedrasi mudiri.

1982 yilda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. 2008-2011-yil Toshkent tibbiyot akademiyasida magistraturani tamomlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi” da assistent lavozimida, 2011 yildan filialning Tibbiy profilaktika ishi, Oliy hamshiralik ishi va Kasb ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha malakaviy amaliyotning umumiy rahbari bo‘lib ishlagan.  2020-yildan Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

A.Teshaboev  18 ta ilmiy maqola, 9 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. Hozirgi kunda Teshaboev Azizbek “Tajribada ikkilamchi immun tanqislikni keltirib chiqarish va uni o‘simliklar bilan davolash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.            

Yulchieva Saylibarxon Tojiboevna - Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

1973-yilda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tavallud topgan. 1991-yilda Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutiga Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. 1997-yili Farg‘ona Davlat universiteti qoshidagi Tibbiyot Markazining Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. 1998-yildan boshlab “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedra assistenti, 2020-yilidan kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

S. Yulchiyeva 30 ta ilmiy maqola tezislar muallifi.

        Soliev Baxtiyоr - Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti.

1965-yilda Farg‘ona viloyati Oxunboboev tumanida tavallud topgan. 1990-yilda Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutiga Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. 1992-1995-yillar 2-Toshkent Davlat tibbiyot oliygohi Bolalar va o‘smirlar sho‘basida assistenti, 1995-1998-yillar Farg‘ona Davlat Universiteti Gigiena kafedrasi assistent, 1998-1999- yillar 2-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filialida katta o‘qituvchisi, 1999-2001-yillar Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti aspiranti, 2001-2011-yillarda Farg‘ona tibbiyot kollejida uslubiyotchi, ilmiy bo‘lim mudiri va amaliyot ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2011-2016-yillarda Quva tibbiyot kollejida direktor va o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Mikrobilogiya, virusologiya va immunologiya  kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

B.Soliev 6 ta ilmiy maqola 2 tezis muallifi.

Ruzibaeva Yorqinoy Ravshanovna - Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti.

1976-yil 25-sentyabrda Kirg‘iziston Respublikasi, Osh viloyatida tavallud topgan. 1999-yilda Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutining  Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. 1999-2001-yillar Viloyat perinatal markazi vrach-laboranti, 2003-2005-yillar Buxoro viloyati Romitan tumani Qizilravot qishloq vrachlik punkti vrach-laboranti, 2010-2020-yillar Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi vrach-epidemiologi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020- yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedra assistenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.                                 

Xakimov Raxmatillo Abdusalomovich - Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti.

1991-yil Toshkent tibbiyot instituti sanitariya-gigiena fakultetini tamomlagan. 1991-2003-yillar Farg‘ona shahar DSENM sanitariya-gigiena bo‘limi vrachi, 2003-2006-yillar 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali  Sanitariya va axoli salomatligi kafedrasi assistenti, 2006-2018-yillar 2-sonli Marg‘ilon tibbiyot kollejida bo‘lim mudiri va kolleji direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yilidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Mikrobiologiya, virusologiya va mmunologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. 

        Xoliqov Qaxramon No‘’monovich - Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti.

1974-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tavallud topgan. 1998-yil 2-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filialini tamomlagan. 1999-2016-yillar viloyat DSENMda sanitariya vrachi va bo‘lim mudiri,

2016-2020-yillada Quvasoy shaxar DSENMda bo‘lim mudiri, 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Mikrobilogiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 Q. Xoliqov 2 ta ilmiy maqola va o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.