Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi

Bosh sahifa

Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi

Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi” PQ-4911-sonli qaroriga asosan TTA Farg‘ona filiali negizida  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi. Institut rektori t.f.d. A.Sidikov.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

1. Kommunal va mehnat Gigiyena;

2. Gigiyena. Tibbiy ekologiya;

3. Kommunal gigiyena;

4. Radiatsion va harbiy gigiyena;

5. Mehnat Gigiyenasi;

6. Tibbiy  profilaktika ishi yo`nalishi;

7. Davolash ishi yo`nalishi;

8. Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi.

9. Stomatologiya (Xalqaro qo‘shma fakultet):

10.    Pediatriya (qo`shma dastur);

11.    Davolash ishi (qo`shma dastur) yo`nalishlari bor.

12.  1-2-3-4-5 kurs talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tiladi.

Kafedra asosiy ish o‘rnidan kelib chiqib ilmiy salohiyati 29%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 22,2% ni tashkil etadi.

Kafedradagi professor - o‘qituvchilar orasida shu kunga qadar 2 ta tibbiyot fanlar nomzodi ilmiy unvon olishga erishildi, xamda xozirda kafedrada 3 ta mustaqil izlanuvchi o‘z ilmiy ishlari ustida ishlamoqda.

Kafedraga 2012-yildan boshlab hozirgacha tibbiyot fanlari nomzodi M.J.Ashurova rahbarlik qilib kelmoqda.

Ashurova Manzuraxon Djaloldinovna – tibbiyot fanlari nomzodi, Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi mudiri.

1969-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1992-yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tamomlagan. U o‘zining pedagogik faoliyatini 1992-yilda Farg‘ona Davlat Universiteti qoshida yangi tashkil etilgan Tibbiyot markazining anatomiya – gistologiya kafedrasida boshlagan. 1998–2001 yili «Gigiena» ixtisosligi bo‘yicha maqsadli aspiranturada taxsil oldi. 2001-2012 yillarda «Kommunal va mehnat gigiyenasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida, 2012 yildan buyon kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

M.Ashurova taniqli olimlar professor N.M.Demidenko va B.M.Mamatqulovlar rahbarligida 2005 yilda 14.00.07.-Gigiena, 14.00.33.- Ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ixtisosliklari bo‘yicha “Влияние производственных и социально-гигиенических факторов на заболеваемость работающих предприятий азотных минералных удобрений” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

U o‘zining faoliyati davomida 35 dan ortiq maqolalar, 50 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.

Qabul kunlari: Xaftaning xar chorshanba kunlari soat 15.00 dan – 17.00 gacha.

E-mail: manzurahon.ashurova.69@mail.ru  

Telefon raqami: +99891 934801504

Ahmadaliyev Rustamjon Umaraliyevich  – tibbiyot fanlari nomzodi, Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi katta o‘qituvchisi.

1975-yilda Farg‘ona viloyati Oxunboboev (hozirgi Qo‘shtepa tumani) tumanida tavallud topgan. 1998-yili Farg‘ona Davlat universitetining “Tibbiyot Markazi”ga “Tibbiy profilaktika ishi” mutaxassisligi tamomlagan.

1998-yilda Qo‘shtepa tumani DSENMda “Bolalar va o‘smirlar gigienasi” hamda “Ekologiya” bo‘limlarida bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida o‘z ish faoliyatini boshlagan. 2000-yildan 2-ToshDavTI Farg‘ona filiali “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini davom ettirgan. 2016-2019- yilllarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida O‘quv va marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirda “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

2018-yilda “Shisha mahsulotlari ishlab chiqarishni ishchilar salomatligiga va atrof muhitga ta’sirini gigienik baholash” mavzusida PhD nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 45 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Elektron pochtasi:   axmadaliev.75@mail.ru 

Telefon raqami: +998913270828           

Azimova Mayram Kurbanovna - Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi katta o‘qituvchisi.

1971-yil 1- mayda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1994-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya ishi mutahassisligi tamomlagan. 1994-1995-yillari Farg‘ona shahar TSQ bolalar bo‘limida bir yil internatura o‘tdi. 1995-2000-yilllarda Farg‘ona shahar 4-bolalar shifoxonasi maxalla hakimi bo‘lib ishladi.  Ilmiy-pedagogik faoliyatini 2000 yilda 2 – Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Umumiy, kommunal va mehnat gigiena” kafedrasida assistenti lavozimida boshladi. 2005-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti  “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirda “Ayollarning reproduktiv salomatligiga Farg‘ona shahri ekologik xolatining ta’siri” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

U o‘zining faoliyati davomida 23 dan ortiq maqolalar, 37 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Elektron pochtasi:   mayram.azimova@mail.ru

Telefon raqami:  +998911172026                                  

Turdiyev Shavkat Mamirovich - Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi assistenti.

1974-yil 18-oktyabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1998-yil Farg‘ona Davlat Universiteti Tibbiyot markazining tibbiy profilaktika fakultetini tamomlagan.

Ilmiy-pedagogik faoliyatini 2000-yilda 2 – Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Umumiy, kommunal va mehnat gigiena” kafedrasida assistenti lavozimida boshladi. 2005-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Kommunal va mehnat gigiyenasi” assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirgi kunda “Оценка влияния санитарно-гигиенических факторов риска на состояние работающих на различных тепличных хозяйствах”, mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 32 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Elektron pochtasi:    turdiyev.7474@mail.ru

Telefon raqami:   +998941380025

Abduvaliyeva Feruza To‘lqindjanovna - Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi assistenti.

1983-yil 15-fevralda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tavallud topgan. 2004-yilda Toshkent 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Tibbiy profilaktika ishi” mutahassisligini, 2006-yil  Toshkent tibbiyot akademiyasida gigiyena yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan. 2006-yildan  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Kommunal va mehnat gigiyenasi” assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

F.L. Azizova raxbarligi ostida “Axolini  suv bilan ta’minlashni  optimallashtirishning ekologik va gigienik jixatlari (Farg‘ona  shaxri  misolida)” ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda

U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 35 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Elektron pochtasi:  feruz.aft83@mail.ru   

Telefon raqami:   +998998731502

Abdullayeva O‘g‘iloy Yakubovna - Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi assistenti.

1990-yil 6-iyunda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani tavallud topgan. 2016 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Tibbiy-profilaktika yo‘nalishini, 2019-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof-muxit va inson salomatligi yo‘nalishida magistraturaga mutaxassisligini tamomlagan.  2019-yilda ushbu magistratura yo‘nalishini muvaffaqqiyatli tugatib, Magistratura 2 bosqichida yanvar oyida Janubiy Koreyaning Korio universitetida stajirovkada o‘tagan.

Hozirda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Kommunal va mehnat gigiyenasi” assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirgi kunda “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar salomatlik holatiga ekologik omillarning ta’siri” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

U o‘zining faoliyati davomida 10 ta maqolalar, 8 ta tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Elektron pochtasi:   ogiloy0690@gmail.com

Telefon raqami:       +998911303954                                        

Saidova Sohibaxon Abrorjon qizi - Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi assistenti.

1992-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 2018-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialini Tibbiy profilaktika yo‘nalishini, 2020-yil Toshkent tibbiyot akademiyasining Kommunal gigiyena mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Kommunal va mehnat gigiyenasi” assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirgi kunda “Axolini sfatli ichimlik suvi bilan taminlashning ekologik gigienik xolati, suv orqali kelib chiqayotgan kasalliklarni bartaraf yetish (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

U o‘zining faoliyati davomida 10 dan ortiq maqola, tezis va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Elektron pochtasi:     Sokhibakhon.saidova@mail.ru

Telefon raqami:        +998975968018: