Jamoat salomatligi sog`liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi
Joriy 2020-2021 o‘quv yilida kafedrada jami: 9 nafar, shundan 5 nafar professor-o‘qituvchilar (1 nafar fan doktori) asosiy ish o‘rinlarida, 2 nafar tashqi va 1 nafar ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar. Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 20%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 11,1 % ni tashkil etadi. Hozirda kafedrada ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4666-sonli Qaroriga binoan o’zlarining PhD, DSc dissertatsiyasi mavzulari ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedrada ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash rejasiga muvofiq 14.00.33-jamiyat salomatligi. Sog’liqni saqlash menejmenti ixtisosligi bo’yicha 3-kurs tayanch-doktorantlar N.S.Matxoshimov hamda D.Y.Astanakulovlar t.f.d. E.Z.Isaqov ilmiy rahbarligida tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar hamda olingan ilmiy-tadqiqot natijalari bo’yicha respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqola va tezislar chop ettirildi. Mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda kafedra mudiri t.f.d. E.Z.Isaqov ilmiy rahbarligida mustaqil-izlanuvchi X.O.Mamarizaev “Farg’ona viloyati aholisining o’lim darajasi va kelgusi umrning o’rtacha davomiyligini tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari kafedra assistenti G.M.Mamatxanova ilmiy rahbar t.f.d. S.I.Ismoilov rahbarligida “Sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish (Farg’ona shahar oilaviy poliklinikalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi OAK Byulletenining 2020/3-sonida ehlon qilindi va dissertatsiyasini bajarish uchun mustaqil izlanuvchilar institutiga qabul qilinib, xozirgi kunda reja asosida topshiriqlarni bajarib kelmoqda.
Isoqov Erkinjon Ziyoevich - tibbiyot fanlari doktori, vrach-stomatolog. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Jamoat salomatligi, sog’liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish” kafedrasi mudiri lavozimida2021 yil avgust oyiga qadar samarali ishlab kelgan.1954 yilda Farg’ona viloyati Bog’dod tumanida tavallud topgan. 1975-1980 yillarda Toshkent tibbiyot institutining stomatologiya fakulg’tetida tahsil olgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: vrach-stomatolog. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1992 yildan boshlab faoliyat olib boradi, 1992-2000 yillarda Farg’ona Davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Tibbiyot Markazining Gigiena kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida va jamoatchilik asosida fakulg’tet dekani o’rinbosari lavozimida ilmiy-pedagogik va tashkilotchilik faoliyatini olib borgan. So’ngra 2003 yilning sentyabrg’ oyida “Mediko-sotsialg’nqe aspektq sovremennqx demograficheskix protsessov v Respublike Uzbekistan” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Keyinchalik 2000-2006 va 2012 yillarida Toshkent ikkinchi tibbiyot institutining Farg’ona filiali "Gigiena va jamoat sog’lig’ini saqlash" kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2013-2015 yillarda E.Z.Isoqov filial direktorining o’quv va ilmiy ishlari bo’yicha o’rinbosari lavozimida ishlagan. Umumiy mehnat stajim 50 yil bo’lib, amaliy tibbiyot sohasida 9 yil, ilmiy-pedagogik faoliyat bo’yicha qariyib, 35 yillik tajribaga ega bo’lgan istehdodli olimdir. O’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha 150 dan ortiq ilmiy materiallar chop ettirganman. SHundan 60 dan ortiq ilmiy maqolalar xorijiy, mustaqil davlatlar hamdo’stligi miqyosida va respublikamizning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan. Raxbarligida 2 nafar talaba Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan. Ilmiy sohada o’zining maktabini yaratgan bo’lib, yetakchi olim sifatida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi va hozirgi kunda 2 ta tayanch doktarant 2 ta mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlari ustidan ilmiy konsultant (rahbar) sifatida ham izchil samarali tadqiqot ishlarini olib borgan.
Mamatxanova Gulnora Maxmudovna – kafedra assistenti, vrach gigienist epidemiolog. 1976 yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug’ilgan. 1999 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Assistent G.M.Mamatxanova t.f.d. S.I.Ismoilov rahbarligida “Sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish (Farg’ona shahar oilaviy poliklinikalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi OAK Byulletenining 2020/3-sonida e’lon qilindi va dissertatsiyasini bajarish uchun mustaqil izlanuvchilar institutiga qabul qilingan.2021 yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. E-mail: gulnora_statist@inbox.ru Telefon raqami: +99 890 634-81-39
Aripov Asliddin Maxmudovich – kafedra assistenti, vrach umumiy gigienist epidemiolog. 1980 yilda Farg’ona viloyati Rishton tumanidan tug’ilgan. 2003 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2003 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Assistent Aripov A.M.“Медико-социалные аспекты реформы и оптимизации здравоохранения в Ферганской области” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. E-mail: asliddin-ari’ov@mail.ru Telefon raqami: +99 897 271-21-90
Rustamov Abduqaxxor G’offorjon o`g`li kafedra assistenti, 1991 yilda Farg’ona viloyati Marg’ilon shaҳrida tug’ilgan. 2010-2017-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutini Pediatriya ishi yўnalishini tamomlagan. 2019 yilda “Sog’liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog’lig’ini saqlash” magistri darajasini olgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Kafedra mudiri t.f.d. Isoqov.E.Z raҳbarligida “Farg'ona shahridagi maktab yoshidagi bolalar re’roduktiv salomatligining tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.