Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi

Bosh sahifa

Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi

“Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorining 2020 yil №   sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Ilgari  “Ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi nomi bilan ish faoliyatini yuritgan.

      Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  1. Ichki kasalliklar propedevtikasi
  2. Ichki kasalliklar
  3. Tibbiyot kasbiga kirish
  4. Birinchi yordam
  5. Terapevtik profilga ega bo‘lgan bemorlarga yordam
  6. Tibbiy manipulyatsiya asoslari
  7. Sog‘liqni saqlashning umumiy asoslari
  8. Ichki kasalliklar, klinik farmakologiya.

        Kafedrada davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, xalq ta'bobati, qo‘shma dastur bo‘yicha davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, farmasiya fakultetlarida fanlar bo‘yicha darslar o‘qitiladi.

       Kafedra klinik bazasi RShTTYIM kasalxonasida joylashgan.

       Kafedrada 13 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib bormoqda, ulardan 2-ta dosent, 1-ta fan doktori, 10-ta assistent.  Kafedrani tibbiyot fanlar nomzodi Kattaxanova Rabiya Yuldashevna boshqarib kelmoqda.

      Kafedraning professor-o‘qituvchilari turli ichki kasalliklar mavzular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 3-ta assistent kandidatlik dissertasiyasini ximoya qilish uchun ilmiy ishlar olib bormoqda.

KAFEDRA XODIMLARI

Kattaxanova Rabiya Yuldashevna – Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi mudiri.

1962-yil 24-aprelda Farg‘onada ishchilar oilasida tug‘ilgan. 1979-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1985-yili Andijon tibbiyot institutining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1985-1986 Farg‘ona shahridagi 3-shahar kasalxonasida anesteziologiya-reanimatsiya ixtisoslashgan stajirovkani yakunladi. 1986-1989-yillar Farg‘ona viloyat kasalxonasida anesteziolog-reanimatolog bo‘lib ishlagan. 1989-yilda u Moskvadagi Butunittifoq ilmiy jarrohlik markazining aspiranturasiga o‘qishga kirdi. 1992-yilda aspiranturani tugatib, "Koronar arteriya aylanib o‘tishdan keyingi bemorlarda prostatsiklin-tromboksan tizimining holati" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992-yilda u Andijon tibbiyot instituti anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 1993-yildan 2000-yilgacha U Farg‘ona to‘qimachilik kombinati tibbiy bo‘limi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limiga mas'ul edi. 2000-yildan buyon u 2-Toshkent tibbiyot institutining Farg‘ona filialida, so‘ngra Toshkent tibbiyot akademiyasida katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent lavozimlarida ishlaydi. 2020- yildan hozirda “ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

R.Y. Kattaxanova 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar,  30 ta ilmiy va uslubiy qo‘llanma muallifi.

Kabul vaqti: chorshanba 15.00 – 18.00

Telefoni: +998912069530, E-mail:rkattakhanova@inbox.ru 

Ismoilovа Muаzzаmxon Isroilovnа - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi assistenti.

Ismoilova Muazzamxon Isroilovna 1984-yil 10 sentyabrda yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. 2008-yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti Davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqqiyatli tugatib, 2008-2011 yillar Oltiarik tumani Katput kishlok vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori (UАSh) lavozimida ishladi. 2015-yil Аndijon Davlat tibbiyot instituti «Terapiya» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlab, 2018-2019-yillar davomida Farg‘ona shaxar markaziy ko‘p tarmokli poliklinikada vrach-terapevt, vrach-gastroenterolog lavozimida ishladi. 2019-yildan Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot instituti «Ichki kasalliklar propedevtikasi» kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. M.S. Ismoilova 15 ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichaklarining funktsional xolati va mikroflorasini o‘rganish, hamda davolashni muvofiqlashtirish mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda.   

    Telefoni: +998911171014, E-mail: i.muazzam@mail.ru

Umirzakov Odiljon Ergashevich - vrach-terapevti. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedra assiatenti.

1970-yil 5-iyunda Farg‘ona viloyati, Bogdod tumanida tug‘ilgan. 1998 yil Аndijon Davlat tibbiyot institutining Davolash fakultetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: vrach-terapevt.

2020-yildan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedra assistenti vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. O.E. Umirzakov ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 16 yil, shu bilan birga amaliy tibbiyotda 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan vrach-terapevt. U o‘zining faoliyati davomida bir nechta maqolalar, 10-dan ortiq tezislar, chop ettirgan. Ish staji – 31 let, pedagogik staji – 16 yil.

         E-mail:odiljonumirzaqov1970@gmail.com

         Telefon raqami: +99890 231-87-03    

 Shamsutdinova Guzel Bahodirovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedra assiatenti.

1989-yil 26-aprelda Andijon shahrida tavallud topgan. 2015-yili Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya ishi mutaxassisligi, 2018-yil “Bolalar kardiorevmatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga tugatgan.

2020 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasida assistent stajyer lavozimida ishlab kelmoqda. G.B. Shamsutdinova 15 ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

«Эпидемиология и фактори риска формирования врожденных пороков сердcа у детей Ферганской области» mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanish boshladim.

Telefoni: +99890 7860066,

E-mail:bazarova.guzel@mail.ru

Kosimovа Zuxrа Mаdаminjonovnа – Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedra assiatenti.

1989-yil 24-noyabrda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan. 2013-yili Аndijon davlat tibbiyot instituti davolash ishi mutahassisligi  bakalavriatini, 2020-yil terapiya yo‘nalishiga klinik ordinaturani tamomlagan  2020 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasida assistenti bo‘lib ishlab kelmoqda. G.B. Shamsutdinova 5 ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Telefoni: +998911192498

Xodjaeva Gulnora Аbdubannonovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedra assiatenti.

1969-yil 12-yanvarda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani, Qudash qishlog‘ida, ziyoliy oilasida tavallud topgan. 1994-yil Аndijon Davlat tibbiyot institutini Davolash fakultetiga tamomlab, Farg‘ona tibbiy sanitariya qismida internaturani o‘tadi. 1998-yildan 2020 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasida assistenti bo‘lib ishlab kelmoqda. G.A. Xodjayeva 10 ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

E-mail:gulnorahodzaeva3@mail.com  Telefon raqami: +99890 165-44-68