Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

GISTOLOGIYA VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI

Bosh sahifa

GISTOLOGIYA VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI

GISTOLOGIYA VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3- iyundagi 239-sonli qarori hamda Sog`liqni Saqlash Vazirligining 1998-yil 18-iyundagi 309-sonli buyrug`iga muvofiq Farg`ona Davlat universitetining “Tibbiyot Markazi” Toshkent Davlat 2-Tibbiyot instituti Farg`ona filialiga aylantirildi.

 1992-2005-yillarda “Anatomiya va gistologiya” kafedrasiga tibbiyot fanlari doktori NishonovYu.N. rahbarlik qilgan.

2004-2005-o`quv yilidan boshlab “Anatomiya va gistologiya” hamda “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedralari birlashtirilib “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasiga aylantirildi va ushbu kafedraga 2012-yilga qadar tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent  A.A.Nishanova rahbarlik qilgan. 2012-yildan 2013-yilgacha tibbiyot fanlari nomzodi R.M.Shermatov, 2013-2015-yillarda tibbiyot fanlari nomzodi G`.N.Sultanov Tibbiy fundamental fanlar kafedrasiga rahbarlik qildilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №282 sonli buyrug‘i bilan “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga Ph.D. M.T.Yuldasheva kafedra mudiri etib tayinlandi. Hozirda kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedra institutning asosiy binosi 2-qavatida joylashgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o’qitiladi:

  1. Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya
  2. Patologik anatomiya
  3. Sud tibbiyoti
  4. Sud tibbiyot huquqlari
  5. Patologiya (Oliy hamshiralik ishi uchun)

           Kafedrada Tibbiy profiloktika ishi, davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, oliy hamshiralik ishi, biotibbiyot muhandisligi, xalq tabobati yo’nalishidagi talabalarga bilim beriladi.

          Kafedrada jami 17ta o’qituvchi xodimlar faoliyat olib boradilar. Shundan 11 nafar professor-o’qituvchilar asosiy ish o’rinlarida, 6 nafar tashqi va ichki o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra professor – o’qituvchilari Ph.D.Yuldasheva 14.00.02-Morfologiya ixtisosligi bo’yicha, “Surxon va Qashqadaryo vohalarining tabiiy –iqlim sharoitida yashovchi bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari”,Z.A.Po’latova 14.00.02-Morfologiya ixtisosligi bo’yicha, «Сравнительная характеристика антропометрических показателей у детей первого и второго периода детства с синдромом Дауна в Ферганской долине», R.V.Fayzulin14.00.13-Asab kasalliklari ixtisosligi bo’yicha,  «Корреляция размеров грыжи диска и выраженностью неврологической симптоматики привертеброгенных боляхвспине» mavzularida ilmiy ish olib bormoqdalar.

     Kafedraning o’qituvchi xodimlari:

Yuldasheva Moxigul Turdialiyevna - Tibbiyot fanlar bo`yicha falsafa doktori (PhD). 1975 -  yilda Farg`ona shahrida tavallud topgan. Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “ Gistologiya va patologik anatomiya”  kafedra mudiri.

1992-1998- yillarda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg`ona filiali talabasi, 1998-2002- yillarda Farg`ona viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi mutaxassisi, 2002-2005- yillarda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutining aspiranti, 2005-2015- yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filiali tibbiy fundamental fanlar kafedr asiassistenti, 2015-2018- yillarada Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filiali tibbiy fundamental fanlar kafedrasi assistenti, 2019-2020- yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filiali tibbiy fundamental fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmokda. 2020-2021- o`quv yilidan Gistologiya va patologik anatomiya kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2019 yilda “Qalqonsimon bez disfunktsiyalarida timusning struktur xususiyatlari” mavzusida ilmiy dissertatsiyasini himoya qilgan. M.T.Yuldasheva 1 monografiya, 1 ta tadbiq, 4 o`quv qo`llanma, 35 ta ilmiy maqola 38 ta tezisning mualifidir. Xozirgi kunda Surxon va Qashqadaryo voxalarning tabiiy- iqlim sharoitida yashovchia bolalar va o`smirlarning jismoniy rivojlanishi ustida ilmiy ishlar olib bormoqda.

Qabul kunlari:  Xaftaning xar Seshanba kunlari soat 15.00 dan – 17.00 gacha.

E-mail: moxigul.yuldasheva.75@bk.ru

Telefon raqami: +9989 90 390 07 72

Palvanova Matlyubaxon Satvaldiyevna-Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi assistenti.1958 - yil 23- martda Andijon viloyati Asaka shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan.Millati - o'zbek. Mutaxassisligi – vrach-terapevt. Umumiy ish staji 38 yil. Tibbiy ish staji -19 yil. O'qituvchilik tajribasi -19 yil. Ushbu Oliy ta’lim muassasidagi staji – 5yil.1975- yilda Asaka shahridagi 6-sonli o'rta maktabni "Oltin medal" bilan tugatgan. 1975- yilda ToshMIning davolash ishi fakultetiga o'qishga kirdi. 1981- yilda "Davolash ishi" ixtisosini tamomladi.

 

 

 

   Xolmatova Yoqutxon Ne’matillayevna - Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi o`qituvchisi. 1972- yilda tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma’lumoti oliy. Umumiy staji  31yil. 1989-yil umumiy o`rta ta’lim maktabini bitirib, Andijon davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o`qishga kirdi. 1995- yilda institutni bitirib Farg`ona viloyat  ko`z kasalliklari dispanserida internaturani o`tkazib bolalar oftal’mologi sertifikatini oldi va Marg`ilon 1-oilaviy poliklinikasida bolalar oftal’mologi lavozimida ishladi. 2004- yildan Farg`ona 1-tibbiyot kollejiga o`qituvchi lavozimda ishga kirdi. 2011- yildan boshlab bo`lim boshlig`i etib tayinlandi va 2020-yilgacha shu lavozimda ishladi .2020-yil avgust oyidan  Farg`ona 1-tibbiyot kolleji faoliyati tugatilganligi sababli 2020- yil sentyabr oyidan Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga ishga kirdi. Xozirda ”Gistologiya va patologik anatomiya kafedrasi” da gistologiya  fani o`qituvchisi vazifasida  ishlamoqda.Ilmiy-tadqiqot ishlari:Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashib xalqaro va respublikada chop etilgan   ilmiy ommabop jurnallarda  maqola va tezislar chop ettirdi.

 Rayimova Zulfiyaxon Maxamatjonovna - Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi assistenti. 1975 -yilda tug`ilgan, millati o`zbek, ma’lumoti oliy. Umumiy mehnat staji 29 yil, mazkur vazifada 01.12.2020- yildan buyon ishlab kelmoqda.Rayimova Zulfiyaxon Maxamatjonovna:1992-1998- yilda Andijon Davlat tibbiyot instituti “Pediatriya” fakultetini tamomlab,2020- yil 1- dekabrdan Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Gistologiya va patologik anatomiya “ kafedrasida assistent lavozimida ishlaydi.Ilmiy-tadqiqot ishlari:       Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashib xalqaro va respublikada chop etilgan ilmiy- ommabop jurnallarda va onlayn konferentsiyalarda maqola va tezislar chop ettirdi. 

 

 

    Yusupov Baxtiyor Lutfidin o’g’li– kafedra assistenti,Sud tibbiyot eksperti. 1992-      yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan.2018-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasini Davolash ishi yo’nalishini tamomlagan. 2020- yil Andijon Tibbiyot instituti Sud tibbiyoti kafedrasida magistraturani  tugatgan.Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida     2020-yil sentyabr oyidan boshlab faoliyat olib borgan va hozirda “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi assistent vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.Hozirgi kunda ilmiy-tadqiqot ishlarda faol qatnashib xalqaro va respublikada chop etilgan ilmiy ommabop  jurnallarda va onlayn konferentsiyalarda maqola va tezislar chop ettirmoqda.

 

   Po`latova Zarina Aliyevna - Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi o`qituvchi stajyori.

1984-yilda tug`ilgan, millati o`zbek, ma’lumoti oliy. Umumiy mehnat staji 14 yil, mazkur vazifada 29.09.2020-yildan buyon ishlab kelmoqda.Po`latova Z.A.2002-2009- yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti “Davolash ishi” fakulьtetini tamomlab,2009-2011-yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi I-klinikasida “Kardiologiya” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinaturani tugatgan.Ilmiy-tadqiqot ishlari:2021- yil fevral oyyidan boshlab ilmiy ish qilish uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, t.f.d., professor Teshayev Sh.J.  bilan birgalikda “Farg`ona vodiysidagi Daun sindromi bo`lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi bolalarda antropometrik ko`rsatkichlarning qiyosiy xususiyatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

HAMDAMOV HASANBOY OZODOVICH – Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi assistenti.

2008 - 2015- yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakuliteti talabasi, 2015 - 2018 –yillarda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Magistraturaning Oftolmologiya yo`nalishini tamomlagan.2018 - 2021 –yillarda Farg`ona Shahar "URJUZA" M.Ch.J. Oftolmolog shifokor lavozimida ishlagan.

Hozirgi kunda ilmiy-tadqiqot ishlarda faol qatnashib xalqaro va respublikada chop etilgan ilmiy ommabop  jurnallarda va onlayn konferentsiyalarda maqola va tezislar chop ettirmoqda.