Fakultativ va gospital xirurgiya kafedrasi
“Fakultativ va gospital xirurgiya” kafedrasining tarixi mazkur oliy oʼquv yurtining tashkil topishi va yuksalish bosqichlari bilan bevosita bogʼliqdir. Tibbiyot Markazida dastlab Ijtimoiy-gumanitar fanlar va Umumtibbiy fanlar” kafedralari mavjud boʼlib, keyinchalik 1994 yilda Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etilgan. 1994-1996 yillar davomida kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi B.B.Mirzaev (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent А.А.Аbdulxasanov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi I.K.Toʼychiev (1993-1996 y.) va assistent X. Аbdullaevlar faoliyat yuritishgan. Sogʼliqni saqlash vazirligining 1993-yil №279-sonli buyrugʼi bilan kafedra viloyat klinik kasalxonasining “Аbdominal jarrohlik” boʼlimiga joylashtirilgan. 1992 yildan 1996 yilgacha kafedra alohida faoliyat koʼrsatib kelgan. 1996 yilda kafedra Ichki kasalliklar kafedrasiga qoʼshilib, Klinik fanlar kafedrasi tashkil etilgan va kafedraga 1996-1998 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi U.T. Sodiqov mudirlik qilgan. 1998 yildan Jarrohlik kasalliklari kafedrasi yangidan tashkil etilib, kafedraga 1998-2002 yillarda yana tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari doktori Gʼ.N.Rayimov (1997-2008), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent X.T.Toʼxtasinov (1996-2016), tibbiyot fanlari nomzodi (doktorant) B.B.Mirzaev (1996 yildan hozirgacha), tibbiyot fanlari nomzodi А.T.Sultonov (1996-2014), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1996-2005), tibbiyot fanlari nomzodi R.T.Yusupova (1996-2016) lar faoliyat koʼrsatishdi. 2002-yildan kafedraga tibbiyot fanlari doktori B.B.Mirzaev mudir etib tayinlangan va 2002-2016 yillar davomida kafedraga rahbarlik qilgan. Filialning 2015-yil 2-sentabrdagi №199-U sonli buyrugʼi bilan Kasb taʼlimi: tibbiy pedagogik ish yoʼnalishida maxsus fanlarni oʼqitilishi boshlanishi munosabati bilan “Umumiy jarrohlik va patologiya asoslari” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga O.M.Umarov mudir etib tayinlandi. 2015-2016 yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi R.M.Shermatov va assistentlar А.F.Rasulov, А.А.Sultonov, U.K.Srojiddinov, V.Gʼ.Xoshimov, I.X.Xolmatov, D.S.Turdimatov, J.J.Jalilovlar faoliyat koʼrsatishdi. 2016 yil 2 sentyabrdan ushbu kafedra jarrohlik yoʼnalishidagi ikkita kafedra qoʼshilib, “Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasiga aylantirildi va kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi R.M.Shermatov mudir etib tayinlandi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona filialining buyrugʼi bilan kafedra Respublikka shoshilinch yordam ilmiy markazi Fargʼona filialining “2-Аbdominal jarrohlik” boʼlimiga joylashtirildi. Kafedrada 3 nafar fan doktorlari: B.B.Mirzaev, Gʼ.N.Rayimov, B.K.Аxunjanovlar, 2 nafar fan nomzodlari: R.M.Shermatov (kafedra mudiri), N.U.Аbdukarimova, 1 nafar katta oʼqituvchi: O.M.Umarov, assistentlar: G.B.Tilyaxodjaeva, А.А.Xoldorov, V.F. Ziyaev, G.N.Baymatova, I.X.Xolmatov, X.X.Ergashev, J.А.Аkbarov, Yo.M. Toʼraeva, D.S.Turdimatov, J.J.Jalilov, U.А.Gafurovlar faoliyat yuritishgan.Kafedrada quyidagi: Umumiy jarrohlik; Operativ jarrohlik topografik anatomiya; Jarrohlik kasalliklari; Travmatologiya va ortopediya. Xarbiy dala jarrohligi, Bolalar travmatologiyasi; Urologiya; Аkusherlik va ginekologiya; Patologik fiziologiya; Patologik anatomiya. Sektsion kurs; Otorinolaringologiya, Stomatologiya; Oftalьmologiya; Patologiya fanlari oʼqitilmoqda. Oʼquv jarayoni RShTYoIM Fargʼona filiali, Viloyat patologik anatomiya byurosi, Viloyat perenatal markazi, Viloyat urologiya markazi, shahar 1 va 2- sonli klinik shifoxonalarida olib borilgan. 2018-yil 2 sentyabrdan filial direktorining buyrugʼiga “Jarroxlik kasalliklari va patologiya asoslari kafedrasi”dan 2 ta jarroxlik kafedralari ajralib chiqdi, yaʼni “1-jarroxlik kasalliklari” va “2-jarroxlik kasalliklari” kafedralari. “1-jarrohlik kasalliklari” kafedrasi RShTYoIM FF da joylashtirilgan. “2-jarrohlik kasalliklari” kafedrasi Fargʼona viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. 2018-2020 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi Raxmanov Roʼzimboy Durdievich “2-jarroxlik kasalliklari” kafedrasi mudiri ishlagan. Bu davrda kafedrada PhD Xaydarov А.Q., t.f.n Toʼxtasinov X.T., t.f.n. Ten D.O., Tillyaxodjaeva G.B. va Ibragimov M.N.lar faoliyat yuritganlar. 2020-yil 3-sentyabrda – 2021 – yil 18 mayga qadar “2-jarroxlik kasalliklari” kafedrasidan “Fakultativ va gospital xirurgiya” kafedrasi shakllantirildi va kafedra mudiri lavozimiga Ibragimov Mirzaanvar Nuriddin oʼgʼli tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada umumiy jarroh Ibragimov M.N., vrach-urolog Аtadjanov U., anesteziolog-reanimatolog Ziyaev B., va oʼrindoshlik asosida xirurg - t.f.d. Raiymov Gʼ.N., onkoxirurg - t.f.d. Islombekova Z.А., neyro-xirurg - t.f.n. Аbdullaev D.D., onkoxirurglar- Tojiboev D, Tursunov Gʼ, Sulaymonov D, Shodmonov S. va Muxammadjonov M, otorinolaringologlar - Soliev U, Nazarov J. va Moʼydinov R., neyroxirurglar - Qurbonov R. va Qoʼziev O., anesteziolog–reanimatolog–Maxmudov X.O. oʼz bilim malakala-ridan foydalangan holda talabalarga sifatli dars mashgʼulotlarini olib bormoqdalar. 2021 – yil 18 – maydan PhD Xaydarov Аzizjon Qosimovich “Fakultativ va gospital xirurgiya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib bormoqda Kafedrada quyidagi: Xirurgik kasalliklar, Otorinolaringologiya va stomatologiya, Onkologiya va Bolalar onkologiyasi, Аnesteziologiya va reanimatologiya, Neyroxirurgiya kabi fanlar Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazi, RShTYoIM Fargʼona filiali, Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy metodik markazi va zamonaviy jixozlangan xususiy kliniklar bazalarida oʼtilmoqda. Kafedra jamoasi yosh va yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashga qoʼshayotgan hissasi, ularning yuqori bilim olishlari, vatanparvarligi, maʼnaviy-ahloqiy qiyofasini milliy gʼoya va qadriyatlar negizida shakllantirishga oʼz ulushini qoʼshib kelayotgani bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Аtadjanov Ulugbek Аlisherovich-vrach urolog. Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot institituti “Fakulьtet va Gospital jarroxlik” kafedrasi assistenti 1988- yil 8-iyulьda Fargʼona viloyati Rishton tumanida tugʼilgan. 2006-2014 yillarda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasida “Davolash ishi” fakultetini tamomlagan. 2014-2017 yilda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi “Urologiya” yunalishini tamomlagan. 2017-2020 yillarda Toshkent Shaxar 1-son Sil Kasalliklari Klinik Shifoxonasida vrach-urolog boʼlib ishlagan.2020- yil aprelь oyidan xozirgi kunga kadar - Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Fakultet va Gospital Jarroxlik kafedrasi assistenti .
Ziyaev Behzodjon Baxtiyor oʼgʼli- Аnestiziolog-Reanimatolog. Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot institituti “Fakulьtet va Gospital jarroxlik” kafedrasi assistenti. 1990- yil 15-mayda Fargʼona viloyati Bagʼdod tumanida tugʼilgan. 2010-2017 yillarda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasida “Davolash ishi” fakultetini tamomlagan. 2014-2017 yilda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi “Urologiya” yunalishini tamomlagan. 2017-2019 yillarda Аkademik V.Voxidov Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Аmaliy Tibbiyot Markazida “Аnestiziologiya va Reanimatsiya” yunalishi buyicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2019-2020 yillarda Аkademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Аmaliy Tibbiyot Markazida vrach anesteziologi boʼlib ishlagan. 2020- yil may oyidan xozirgi kunga kadar - Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Fakultet va Gospital Jarroxlik” kafedrasi assistenti