Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi

Bosh sahifa

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №-282 sonli buyrug‘i bilan Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi tashkil etildi. Kafedra 2-uquv binosiga joylashgan.            

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  1. Epidemiologiya
  2. Yuqumli kasalliklar bolalar yuqumli kasalliklari bilan,
  3. Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi
  4. Infektsion nazorat
  5.  Klinik epidemiologiya
  6.  Farmakologiya
  7.  Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi nazorati

Yukoridagi fanlardan  Davolash ishi, Tibbiy profilaktika, Xalqaro qo‘shma fakultet, Xorijiy fakultet talabalariga dars mashg’ulotlari o‘tiladi. 2020-2021 o‘quv yilida kafedrada jami: 12 nafar, shundan 8 nafar professor-o‘qituvchilar  asosiy ish o‘rinlarida, 4 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar 2020-2021 o‘quv yilida kafedraning 3 nafar (Xoshimova A, Madaminov F, Ashurova O) xodimlari (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olishligi uchun izlanmoqdalar. Kafedraga 2020-yildan SH.B.Muxidinova rahbarlik qilib kelmoqda.

   Muhitdinova Shoira Baxramovna - Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri. 1970-yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. 1996 yillar davomida Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutini tamomlagan. 1996–1998 yillarda Farg‘ona Davlat universiteti Tibbiyot Markazi “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yil Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar  kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. SH.B.Muhitdinova 54 ta ilmiy maqola, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. Hozirgi kunda “Lyambliozning maxsus profilaktik tadbirlarga ta’siri” mavzusida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

    Xoshimova Arofat YormaxamatovnaEpidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti. Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. 2020 yil yanvar-fevral oylarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti bo‘lib, Azerbayjon meditsina universitetida stajirovka o‘tab kelgan. Kafedraning Azarbayjon meditsina universtiteti Epidemiologiya kafedrasi bilan xamkorlik faoliyatida ishtirok etib kelmoqda. 2016-yildan “Epidemiologiya, mikrobiologiya va  yuqumli kasalliklar” kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Xozirda A.Yо.Xoshimova 40  ta ilmiy maqola  va tezislar muallifi. Xozirgi kunda  “Микробиологические особенности и антибиотикорезистентност этиологического фактора острых кишечных инфексий в Ферганской области” mavzusida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

  Madaminov Faxriddin AxmadovichEpidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti. 1986-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan 2007-2013yillarda - Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lgan. 2013-2013 yillarda  Farg‘ona tumani Log‘on qishloq vrachlik punkti shifokori bo‘lib ishlagan. 2013-2016 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti magistranti bo‘lgan. 2019-yildan Epidemiologiya, immunologiya va klinik allergologiya kafedrasi assistenti bo‘lib ishlab kelmoqda. F.A.Madaminov 20 dan ortiq maqola va tezislar mualllifi. Xozirda F.Madaminov  “CОVID-19 ассоцированные инвазивные микозы (аспергиллёз и криптококкоз)  в условиях Ферганской области” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

  Sarimsakov Muxammadjalol Isaqjonovich - Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti.  1966-yilda Quvasoy shahrida tug‘ilgan 1983-1984 yillarda  Toshkent farmatsevtika instituti talabasi bo‘lgan.1986-1990-yillarda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan 1997-2009-yilgacha ko‘plab dorixonalarda mudir lavozimida faoliyat yuritgan. 2009-2019 yillarda  “Donish-farm” ko‘p tarmoqli xususiy korxona rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2019-yilda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy fundamental fanlar assistenti, 2020-yildan Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. M.I.Sarimsoqov 7 ta  maqola  va uslubiy ishlanmalar muallifi.    

   Xasanboeva Nafisa Abdullajonovna - Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti.1971- Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 1988-1993-yillardan  Toshkent Farmatsevtika institute talabasi bo‘lgan. 1994-1997-yillarda Farg‘ona viloyat bolalar shifoxonasi ichki dorixonasida provizor, 1997-2006-yillarda Farg‘ona shahar dorixonalarida  provizor ximik – analitik,  2006-2020-yillarda Farg‘ona tibbiyot kollejining farmakologiya fani o‘qituvchisi,  2020-yil sentyabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. N.A.Xasanboeva 5 ta maqola va tezislar muallifi. Xozirda  “Xvoyadan  olingan sirtga qo‘llaniladigan gelning yallig‘lanish jarayoniga  ta’siri ” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 

 Babadjanova Xursanoy Melibaevna-Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti.1973-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1990-1997-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot istituti talabasi bo‘lgan. 1997-2003-yillarda  Farg‘ona viloyat tug‘ruq  uyi –  vrach neonatolog, 2003-2005-yillarda Namangan tibbiyot kollejida Pediatriya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2005-2009-yillarda Farg‘ona viloyat Perenatal markazi vrach neonatolog, 2011-2013-yillarda FSHTB tug‘ruq bo‘limi – neonatolog, 2013-2021 yillarda RBIMM Farg‘ona filiali – vrach pediatr lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2021-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. X.M.Babadjanova 5 ga yakin maqola va tezislar muallifi.