Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Axborot tehnologiyalari va sport kafedrasi

Bosh sahifa

Axborot tehnologiyalari va sport kafedrasi

Axborot tehnologiyalari va sport kafedrasi

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №282 sonli buyrug‘i bilan barcha yo‘nalishlarida aniq afular va “Biotibbiyot muxahdisligi” yo`nalishida mutaxassislik fanlarni o‘qitilishi boshlanishi munosabati bilan “Biofizika va axborot texnologiyalar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra institutning asosiy binosida joylashgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  1. Biofizika
  2. Umumiy fizika. Biofizika
  3. Tibbiyotda axborot texnologiyalari
  4. Tibbiy elektronika
  5. Tibbiyot texnikalari elementlari, qismlari, tizimlari
  6. Umumiy va tibbiy radiobiologiya
  7. Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muxofazasi
  8. Chizma geometriya va muxandizlik grafikasi
  9. Mutaxassislikka kirish
  10. Kombinatorika va graflar nazariyasi
  11. Matematika matematik statistika
  12.  Tadqiqot ishlarini teshkillashtirish va rejalashtirish

Xalqaro qo‘shma fakultet:

  1. Fizika
  2. Fizika i matematika
  3. Meditsinskoye informatika
  4. Bezopasnost jiznideyatelnosti
  5. Ishlab chiqarish amaliyorlaridan talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tiladi.

 

2020-2021 o‘quv yilida kafedrada jami: 10 nafar, shundan 1 nafar professor, 3 nafar katta o’qituvchi (2 nafari PhD), 5 nafar assistant o‘qituvchilar asosiy ish o‘rinlarida, 1 nafar dotsent tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar

Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 33,3%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 27% ni tashkil etadi.

2020-2021 o‘quv yilida kafedraning 2 nafar (Mamajonov M va Sotvoldiyev Sh) xodimlarini (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olishligi uchun mustaqil izlanuvchi institutiga kirish maqsadida xujjatlar topshirishga erishildi.

Kafedraga 2020-yildan katta o’qituvchi Abdumanonov A rahbarlik qilib kelmoqda.

        Abdumanonov Ahrorjon Adxamjonovich – axborot texnologiyalari bo`yich muxandis. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri.

1979-yil 2-sentyabrda Farg‘ona viloyati, Bog`dod tumanida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent axborot texnologiyalar universistetini Farg`ona filialini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: boshqarish va axborot texnologiyari.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2011-yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti, kafedra katta o‘qituvchi, va bir qator lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

A.A.Abdumanonov ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 15 yil, shu bilan birga axborot texnologiyalari sohasida 20 yillik tajribaga ega.

U o‘zining faoliyati davomida 50 dan ortiq maqolalar, 10 dan ortiq tezislar, 20 dan ortiq ishlab chiqilgan dasturiy vositalar uchun guvohomalar va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.

Qabul kunlari: Xaftaning xar seshanba kunlari soat 15.00 dan – 17.00 gacha.

E-mail: ahror79@inbox.ru 

Telefon raqami: +99893 270-81-79

 Qoraboev Muxammadjon Qoraboevich - fizika -matematika fanlari doktori, professor, BMT ning maslaxatchisi maqomidagi xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, strategik menedjment buyicha Fransiyaning xalqaro SRI jamiyatining oltin medali lauriyati. 08.03.1942  yilda tug‘ilgan.

1963 yili Andijon pedagogika institutini tamomlab unda assistent, Moskva pedagogika institutini stajyor-tadqiqotchisi va aspiranti bo‘lgan.

1970 yili fan nomzodi, 1986 yili fan doktori ilmiy darajalarini 1992 yili professor ilmiy unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Prezidentimiz tashabbusi, mustaqilligimiz sharofati bilan, vodiymizda ilk bor Farg‘ona universiteti tashkil qilindi va uning rektori lavozimiga professor M.Qoraboev tayinlandi 1991yili, 1994-1996 yillari davomida faoliyat ko‘rsatdi.

M.Qoraboev fan olamida molekulyar akustika va issiklik fizikasi soxalaridagi yetuk olim ixtirochi xamda tashkilotchi raxbar sifatida e'tirof etiladi. U 30 dan ortik ixtirolar muallifi, 250 dan ortik ilmiy makolalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan, etiborli xalkaro ilmiy anjumanlarda e'lon qilingan.

1980-1991 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasida «Teplofizika va issiqliq fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha fan doktorligi va nomzodlik ilmiy darajalariga dissertasiyalar ximoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengashni a'zosidir.

1970-1977 yillari Andijon pedagogika institutida akustika ilmiy- tekshirish laboratoriyasini tashkilotchisi va mudiri,

1977-1987 yillar davomida O‘zbekiston fanlar akademiyasida yangi tashkil etilgan teplofizika instituti rahbari,

1987-1988 yillar Farg‘ona politexnika instituti rektori,

1988-1989 yillar xalk ta'limi vazirini 1-o‘rinbosari,

1989-1991 yillar Farg‘ona viloyat partiya qo‘mitasi kotibi

1992-1994 yillar O‘zbekiston Bosh Vazirini ijtimoiy ishlar buyicha muovuni vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi.

1991-1992 va 1994-1997 yillarda Farg‘ona davlat universitetining rektori,

1998 yildan xozirgi kungacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida 2012 yilgacha kafedra mudiri, xozirda esa professor lavozimida ishlab kelmoqda.

Umumiy ish staji – 58 yil, undan pedagogik staji – 50 yil.

Tel: 90 582 04 95

Email: externet@inbox.ru

Xolitdinov Xosiljon - 30.05.1949-yil Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan.

Katta o’qituvchi

1974 yilda Farg‘ona Davlat Pedagogiika institutini “Fizika fakuteti” yo‘nalishini muvafaqiyatli tamomlagan.

2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mexnat faoliyatini boshlagan.

2018- yildan “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib o‘z mexnat  faoliyatini davom ettirmoqda.

Umumiy ish staji – 52 yil, undan pedagogik staji – 47 yil.

Tel: 91 339 05 49