Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xodimlar bo‘limi

Bosh sahifa

Xodimlar bo‘limi

Xodimlar bo‘limi

    Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xodimlar bo’limi xaqida ma’lumot

     Farg’ona  jamoat  salomatligi  tibbiyot  instituti xodimlar bo’limida  3 ta shtat birligidan tashkil topgan bo’lib, bugungi kunda bo’lim boshlig’i lavozimida Xusanboev Abdimajit Abdugapirovich faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bo’lim muxandisi lavozimida Mamajonova Maftuna, bo’lim  inspektori shtat birligida Raximberdieva Feruza ishlab kelmoqda. 

    Bo’limning asosiy vazifalari: Institutda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda institut rektoriga takliflar taqdim etadi, professionalligi, o’z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlaydi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko’radi, Institut kadrlar zaxirasini shakllantiradi;  Kadrlar siyosatiga oid vazirlik qarorlari, institut rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarining o’z vaqtida ijrosini ta’minlash hamda bo’linmalar rahbarlari tomonidan bajarilishini nazoratga oladi; Kadrlar sohasida ish yuritishni tashkil qilish, mehnat munosabatlarini belgilovchi – ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta’tili, xizmat safariga oid buyruqlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, kadrlarga oid zaruriy hujjatlarning, institut xodimlarining shaxsiy ishlari yig’majildlari va mehnat daftarchalarini hisobga olish, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, xodimlar attestatsiyasini tashkil etish ishlarini olib boradi; Xodimlarni Davlat mukofotlari va Faxriy yorliqlar bilan mukofotlashga tavsiya etish va hujjatlarni rasmiylashtiradi; Institut rahbariyatiga xodimlarni rag’batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida takliflar kiritadi;