Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bosh sahifa

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

                         Gulamova Naziraxon Raxmatjonovna
Lavozimi
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Tel:
(+99890) 533-42-77
Faks:
(0373) 245-59-07
E-mail:
fmioz@mail.ru
Manzil:
Farg`ona shaxar, Yangi Turon ko`chasi, 2a-uy
Bo`limi bosh muxandisi
Axmatjanova Muqaddam Aminovna

                          Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi faoliyati haqida

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot insstituti tuzilmasiga kiritilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo‘lib institutning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi, tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish borasida iqtidorli talabalarni institutning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan to‘garakalar faoliyatini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
 
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, shuningdek, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
-iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
-iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
-iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish boʻyicha maxsus mashgʻulotlarni tashkil etish;
-iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
-iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, institut, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor boʻlishiga erishish;
-reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
-iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, institut rahbarlari, tajribali professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar uchun ixtisosligi boʻyicha kasb oʻyinlari va tanlovlarni tashkil etish;
-tarjimonlik yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy toʻgaraklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;
-tanlangan yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha adabiyot va boshqa manbalar bilan iqtidorli talabalarni taʼminlash va ulardan foydalanish usullarini oʻrgatish;
-iqtidorli talabalar uchun maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari ishlab chiqishni va ular asosida taʼlim berishni tashkil etish;
Yuqorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish ishiga oliy oʻquv yurtida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, oʻquv ishlari boʻyicha boʻlim boshliqlari va guruh murabbiylari masʼul hisoblanadi.

>>>>> iqtidorli ish reja

>>>>> ijodiy to'garaklar nizomi 

>>>>> iqtidorli talabalarni izlash 

>>>>> 2021-2022 yil Xisoboti

>>>>> Iqtidorli bo'lim