Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 400-01-14

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bosh sahifa

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

Axmadaliyev Rustam Umaraliyevich

              Bo‘lim boshlig'i

Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

Tel: +998 91 327-08-28

Elektron manzili: fmioz@mail.ru

  Bo‘lim majburiyat va vakolatlari:

 Ilmiy tatqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi haqida

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bu oliy ta’limning keyingi ta’lim bosqichi hisoblanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli Qaroriga muvofiq    amalga oshiriladi.

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilar iborat:

  • Institut fakultet va kafedralari, ilmiy laboratoriyalari va bo‘limlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishi nazorat qilish.
  • Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, fakultet va kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Institut olimlarini chet el va davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralarda yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini ta’minlash.
  • Institut bazasida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.
  • Fakultet va kafedralarda talabalar ilmiy to‘garaklari, yosh olimlar va talabalar jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish. Yosh olimlar va iqtidorli talabalarni mablag‘li ilmiy ishlarga jalb qilinishini muvofiqlashtirish.
  • Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash.
  • Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish.

     

1.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 YIL 22 NOYABRDAGI “OLIY MALAKALI VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH VA ATTESTATSIYADAN O’TKAZISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI” TO’G’RISIDAGI 937-SONLI QARORI

2.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 YIL 22 MAYDAGI 304-SON «OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»GI QARORI

3.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 YIL 17 OKTYABRDAGI 839-SON «DOKTORANTLARNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI BILAN SHUG‘ULLANISHLARI UCHUN MODDIY SHART-SHAROITLAR YARATISH VA MEHNAT FAOLIYATINI YANADA RAG‘BATLANTIRISH TO‘G‘RISIDA»GI QARORI

4.

OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH SIFATINI OSHIRISHDA IQTISODIYOT SOHALARI VA TARMOQLARINING ISHTIROKINI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2017 YIL 27 IYULDAGI PQ-3151-SON QARORI

5.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING “ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI 2017 YIL 31 MAYDAGI 239/3-SON QARORI

6.

OAK RAYOSATINING«DOKTORLIK DISSERTATSIYASI VA DISSERTATSIYA AVTOREFERATINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA»GI QARORGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA»GI 2017 YIL 31 MAYDAGI 239/8-SON QARORI

7.

OAK RAYOSATINING«DOKTORLIK DISSERTATSIYALARI ILMIY NATIJALARINING AMALIYOTGA JORIY QILINISHINI BAHOLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALARNI TASDIQLASH HAQIDA»GI QARORGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA»GI 2017 YIL 31 MAYDAGI 239/9-SON QARORI

             Institutda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida 2 ta ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi:

       14.00.07 – Gigiyena

       14.00.27 – Xirurgiya