Xorijiy fuqarolar uchun magistratura va klinik ordinatura
Hurmatli abituriyentlar!
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xorijiy fuqarolar uchun klinik ordinaturaga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn qabul qilishni e’lon qiladi. Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi va magistraturasiga qabul bo’yicha xorijiy fuqarolardan hujjatlarni qabul qilish uchun onlayn elektron platforma havolasi:
https://forms.gle/MgWoSw4UFEa2Ltk5A
Xorijiy fuqarolar uchun Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi, magistraturasiga qabul 2022 yilning 27 iyul kunidan boshlab amalga oshiriladi.
O’qitish tili: rus tili, o’zbek tili
Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://fjsti.uz/blog/378/horijiy-fuqarolar-uchun-hujjatlarni-topshirish-tartibi
Hujjatlarni topshirishning ohirgi muddati: 2022 yil 28 avgust (shu kuni ham)
Xorijiy fuqarolar uchun Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi, magistraturasiga qabul sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.