Horijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga o’qishga kirish uchun hujjat topshirayotgan chet ellik fuqarolar quyidagi ro’yxatdagi hujjatlarning elektron shakllariga ega bo’lishlari kerak.
Hujjatlarni qabul qilish masofadan turib quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/mAeQhmwzRzHwPcf8A
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga murojaat qilish uchun zarur hujjatlar ro’yxati:
1. Umumta’lim maktab shahodatnomasi yoki diplom yoki unga tenglashtirilgan hujjat. Rus tiliga notarial tasdiqlangan yoki apostil qilingan tarjimasi va transkripsiyalar bilan;
2. Rus yoki o’zbek tillarini bilish to’g’risidagi sertifikat (pdf);
3. Pasport nusxasi (pdf);
4. Avtobiografiya yoki biografik ma’lumotlar (pdf);
5. Tibbiy ma’lumotnoma (086-shakli yoki umumiy tibbiy ma’lumotnoma) (pdf);
6. OITS haqida tibbiy ma’lumotnoma (503-shakl) (pdf);
7. COVID-19 ga qarshi emlanganlik to’g’risidagi tibbiy sertifikat.
1. Rektori nomiga ariza;
2. Ariza beruvchining fotosurati 3,5 sm x 4,5 sm gacha o’lchamda – portret – 6 dona;
3. Konvert – 2 dona;