Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07

info@fjsti.uz

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Bosh sahifa

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

 PhD Komilov Nodirbek Boqijonovich

Tel:+99891 115-11-49

E-mail:sifatnazorat@fjsti.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-sonli qarorining 14 bandiga asosan Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etildi.

 Bo‘limning asosiy maqsadi Institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, Institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Ushbu bo‘lim quyidagi vazifalarni bajarishi belgilab berildi:

  1.  Fakultetlar, kafedralar va tegishli bo‘limlarning ish rejalarini tahliliy o‘rganish;
  2.  Institutni attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ichki ekspertlarni jalb qilgan holda chuqur o‘rganish va Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;
  3.  Institutda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish;
  4.  Professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarining bajarilishini o‘rganish;
  5. Institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining fanlar bo‘yicha asosiy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi Axborot resurs markazi va kafedralar kesimida o‘rganish;
  6. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini o‘rganish;
  7. Professor-o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslarning o‘tkazilishi holatini tahliliy o‘rganish;
  8. Kafedralarda mustaqil ta’limning tashkil etilganligini o‘rganish;
  9. Talabalar attestatsiyasining yakunlari bo‘yicha bilimini baholash jarayonini tahlil qilish(reyting ballarining xolisligi, shaffofligi va sifat darajasini baholash);
  10. Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish.