Abiturientlar uchun eslatma
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug’iga asosan 2022/2023 o’quv yili uchun Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga hujjatlarni qabul qilish muddati 2022 yilning 22 avgust kuni deb belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to`g`risida’gi PQ-279-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 2022 yil 15 iyundagi “2022/2023" o`quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida” gi F-60-son farmoyishlari ijrosini ta’minlash, shuningdek tibbiyotning dolzarb yo`nalishlari bo`yicha, Ilovada keltirilgan va ajratilgan tibbiyot mutaxassisliklari bo`yicha qabul jarayonlari olib boriladi. Kirish imtixonlari og`zaki va test sinovlari shaklida o`tkaziladi. Klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo`nalishlari bo`yicha imtixonlar natijalari sinovlar o`tkazilganidan keyin uch kun muddatda ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi xamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2022/2023- o`quv yili uchun Ordinatura (Rezidentura) ga nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish institutning rasmiy veb sayt sahifalarida quyidagi manzil platformasi orqali qabul qilinadi.
Hujjat yuborish elektron platforma manzili https://forms.gle/3phtFcjm8swaKzTy5
2022/2023 o’quv yiliga ro’yhatdan o’tish onlayn tarzda amalga oshiriladi:
Hujjatlarni qabul qilish 2022 yilning 22 avgust sanasigacha soat 22:00 ga qadar davom etadi.
Hujjatlarni to`g`ri topshirilgan taqdirda Sizning elektron pochtangizga “Tasdiqlash xati” yuboriladi.
“Tasdiqlash xati”da Sizga shaxsiy raqam (ID) yuboriladi. Hamda, kirish imtixonlari sanasi, vaqti va o`tkazilish joyi ko`rsatiladi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo’yicha test sinovlari;
Ikkinchi bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
ESLATMA! Abiturientlardan kirish test imtihonlarini topshirishda sanitariya -epidemiologiya qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilishlari talab etiladi.
OGOHLANTIRISH! Agar begona narsalar va aksessuarlar (telefon, elektron soat, kalkulyator, har qanday turdagi axborot manbalari, shuningdek pul va boshqa) narsalar topilgan taqdirda abiturient tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi.
MUHIM! Klinik ordinatura uchun tanlovda ishtirok etish uchun abiturient kirish test imtihonlarida ishtirok etishi shart. Agar abiturient test jarayonlarida ishtirok etmasa, test jarayonlaridan chetlashtiriladi.
Mutaxassislik bo’yicha kirish imtihonlarini topshirish vaqti (soat)lari ajratilgan guruhlar to’g’risidagi ma’lumotlar institutning rasmiy veb-sayti hamda telegramm kanalida qo’shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Manzil: Farg`ona viloyati, Farg`ona shahar, Yangi Turon ko`chasi 2a -uy
Qabul telefon raqamlari : +998 (73) 245-59-07,
+998 (95) 400-01-14
+998 (95) 400-01-16
+998 (95) 400-01-18
Elektron pochta manzili:info@fjsti.uz