Yosh olimlar jamiyati

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG‘ONA FILIALI QOSHIDAGI YOSH OLIMLAR JAMIYATI NIZOMI

1.Umumiy qoidalar
1.1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali yosh olimlar jamiyati Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali (TTAFF) qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial maslahat organi bo‘lib, yosh olimlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ijodiy va ilmiy salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, tashkiliy ilmiy va texnik muammolarni hal qilishning yangi yo‘llarini izlash, shuningdek ilmiy yoshlarning kasb sohasidagi manfaatlarini ifoda etish va muhim sog’liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan.
1.2. Yosh olimlar jamiyati  faoliyati davlat byudjeti, tanlov asosida yutib olingan davlat va halqaro grantlar hamda belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
1.3. Yosh olimlar jamiyati o’zining huquqiy maqomi bo’yisha nodavlat notijorat tashkilot bo’lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat Notijorat” tashkilotlari to‘g‘risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, TTA Farg‘ona filiali direktorining buyruqlari, mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi.
1.4. Yosh olimlar jamiyatining to‘liq nomlari:
– rus tilida: Общество молодых ученых Ферганского филиала Ташкентской медицинской академии
– o‘zbek tilida: Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali yosh olimlar jamiyati
– ingliz tilida: The young scientists society of the Fergana branch of the Tashkent medical academy
1.5. Manzili: Farg‘ona shahri Yangi Turon ko’chasi 2a-uy
1.6. Mazkur nizom maqsadlari uchun, yosh olimlar deganda 40 yoshdan katta bo‘lmagan doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, mustaqil izlanuvchilar va mutaxassislar tushuniladi.
2. Yosh olimlar jamiyati faoliyatining predmet, maqsad va vazifalari
2.1. Yosh olimlar jamiyati faoliyatining predmeti TTA Farg‘ona filiali yosh olimlarining ijodiy ilmiy faolligining rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek yosh olimlarning manfaatlarini, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni tashkillashtirish masalalarini hal etishdan iborat.
2.2. Yosh olimlar jamiyati faoliyatining asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
– TTA Farg‘ona filiali yosh olimlarining kasbiy rivojlanishini faollashtirish, dolzarb ilmiy muammolarni ishlab chiqishda va istiqbolli ilmiy maqsadlarni hal etishda ularning faoliyatlarini birlashtirish, yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish;
– ilmiy kadrlarni tayyorlashda, tibbiyot rivojlanishida, ilmiy maktablarning vorisligini ta’minlashda ko‘maklashish;
– TTA Farg‘ona filiali yosh olimlari va mutaxassislarining yashash darajasini oshirishda ko‘maklashish;
– muhim sog‘liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
– Jamoat sog‘lig‘ini saqlash va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda yosh olimlar faolligini oshirish.
2.3. Ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun, Yosh olimlar jamiyati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
– TTA Farg‘ona filiali yosh olimlarining ilmiy tashabbuslarini ruyobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
– ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va chop etish faoliyatini amalga oshirish (Internet saytlar, jurnallar, to‘plamlar);
– yosh olimlarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashish;
– yosh olimlarning xalqaro ilmiy va ijtimoiy forumlarini, konferensiyalarni, seminarlarni va boshqa anjumanlarni tashkil qilish va olib borish;
– yosh olimlar tomonidan ilg‘or, milliy va halqaro tajriba, yutuqlarni qo‘llash uchun, ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganish uchun sharoitlar yaratish;
– oliy ta’lim muassalarining ilmiy jamoalari aloqalarini tashkil qilish, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
– milliy va xorijiy fanlarning mashxur olimlari, arboblari bilan uchrashuvlarni tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashish;
– yosh olimlar olimpiadalarini o‘tkazish, davlat stipendiyalari va mukofotlari olishda ko’maklashish;
3. TTA Farg‘ona filiali Yosh olimlar jamiyatida a’zolik
3.1. TTA Farg‘ona filiali Yosh olimlar jamiyatining a’zosi bulib 40 yoshdan kata bo‘lmagan doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, mustaqil ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
3.2. Yosh olimlar jamiyatida a’zolik ixtiyoriydir.
3.3. TTA Farg‘ona filiali Yosh olimlar jamiyatiga a’zo bo‘lish Jamiyat raisi nomiga shaxsiy ariza asosida «A’zolik to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga binoan amalga oshiriladi.
3.4. Yosh olimlar jamiyatiga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:
O‘z ixtiyoriga ko‘ra a’zolikdan chiqish to‘g‘risida yosh olimlar jamiyati raisi nomiga bergan arizasiga muvofiq;
* TTA Farg‘ona filiali o’qituvchisi yoki mutaxasisi, doktorant, tadqiqotchi, mustaqil ilmiy izlanuvchi maqomi tugatilishi munosabati bilan;
* Yosh olimlar jamiyati a’zosi 40 yoshga to‘lishi munosabati bilan.
4. Yosh olimlar jamiyatining tashkiliy tizimi
4.1. TTA Farg‘ona filiali Yosh olimlar jamiyatining tashkiliy tizimi uning Markaziy apparati, Yig‘ilish va Umumiy majlisdan iborat.
4.2. Markaziy apparat Yosh olimlar jamiyatining faoliyati bilan bog’lik masalalarni hal qilish uchun shakllantiriladi. Markaziy apparati tarkibiga Rais, raisning 2 nafar urinbosari, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, doktorantlar bilan ishlash bo’limi, innovatsion loyihalar bilan ishlash bo‘limi, grantlar bilan ishlash bo’limi, talabalar ilmiy jamiyati, magistrlar bilan ishlash bo‘limi, mustaqil ilmiy izlanuvchilar bilan ishlash bo‘limi vakillari va kotib kiradi.
4.3. Yig‘ilish tarkibiga Markaziy apparati a’zolari va Jamiyat Raisi o‘rinbosarlari kiradi.
4.4. Umumiy majlis tarkibiga Yig‘ilish a’zolari va Yosh olimlar jamiyati bo‘limlari vakillari kiradi.
5. Yosh olimlar jamiyati markaziy apparati
5.1 Yosh olimlar jamiyati raisi va o‘rinbosarlari birgalikda Yosh olimlar jamiyati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
5.2. Yosh olimlar jamiyati Raisi bir vaqtning o‘zida jamiyat hamda Markaziy apparatning raisi hisoblanadi.
5.3. Rais, uning o‘rinbosarlari va bo’limlar vakillari TTA Farg‘ona filiali direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
5.4. Yosh olimlar jamiyatining faoliyatini ta’minlash uchun Markaziy apparat:
* Yig‘ilish muhokamasiga ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlaydi va taqdim qiladi;
* Axborot tahliliy va ekspert ishlarini amalga oshirish uchun yosh olimlarni jalb qilish bilan bog’liq tashkiliy va boshqa masalalarni hal qiladi;
* TTA Farg‘ona filiali kengashiga Yosh olimlar jamiyatining faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi.
5.5. Markaziy apparatning qarorlari Yosh olimlar jamiyati Raisi va kotib imzolari bilan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
6. TTA Farg‘ona filiali Yosh olimlar jamiyatining Yig‘ilishi
6.1. Yig‘ilish Yosh olimlar jamiyatining vakolat doirasiga kiruvchi barcha masalalarni hal qiluvchi oliy organ hisoblanadi.
6.2. Yig‘ilish, a’zolarining navbatdagi va navbatdan tashqari majlislari shaklida faoliyat kursatadi.
6.3. Yig‘ilish Markaziy apparat tomonidan Yosh olimlar jamiyatining faoliyat asosiy maqsadi va masalalarini hal qilish uchun har oyda kamida bir marotaba chaqiriladi.
6.4. Mas’ul kotib Yig‘ilishning ish yuritishini tashkil qiladi, Yig‘ilish Raisi bilan kelishgan holda, Yig‘ilish a’zolarini Yig‘ilishning navbatdagi majlislari haqida xabardor qiladi.
6.5. Yig‘ilish:
* Markaziy apparat taqdimiga binoan Yosh olimlar jamiyatining nizomini qabul qiladi;
* Markaziy apparat taqdimiga binoan, Yosh olimlar jamiyati bulimlarini tashkil qilish, kayta tashkil qilish va tugatish to‘g‘risida Qaror qabul qiladi;
* Yosh olimlar jamiyatining asosiy faoliyat yunalishlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
* Kelgusi moliya yiliga budjetdan mablag ajratilish rejasini shaklllantirish yunalish va ustunliklarini belgilaydi;
* Yosh olimlar jamiyati bulimlari va uning ayrim a’zolarining ma’ruzalarini tinglaydi va muxokama qiladi;
*Yosh olimlar jamiyatining ilmiy va ilmiy tashkiliy muammolarini muxokama qiladi;
* Zarur hollarda, Yosh olimlar jamiyati faoliyatiga doir boshqa masalalarni ham hal qilishga vakolatli;
6.6. Yig‘ilishning navbatdan tashqari majlisi Markaziy apparat a’zolarining uchdan bir qismining va bo‘limlarning vakillari taklifiga ko‘ra, ular tomonidan taklif qilingan kun tartibidagi masalalarni hal qilish uchun chaqirilishi mumkin.
6.7. Yig‘ilish majlisida Markaziy apparat tomonidan taklif  qilingan shaxslar ishtirok etishi va kun tartibidagi masala yuzasidan chiqish qilishi mumkin.
6.8. Yig‘ilish majlisida uning a’zolari ro‘yxat tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda majlis vakolatli, uning Qarori qabul qilingan hisoblanadi. Qaror ishtirokchilarning uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
6.9. Yig‘ilish ovoz berish jarayonida, sog‘lig‘i tufayli yoki xorij xizmat safarida bo‘lishi munosabati bilan ishtirok etmagan a’zolarni hisobga olmaslikka xaqli.
6.10. Yig‘ilishning navbatdagi majlisida quyidagi masalalarni hal qilishi shart:
* Rais tomonidan taqdim qilingan Yosh olimlar jamiyatining faoliyati bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash;
* Rais tomonidan taqdim qilingan Yosh olimlar jamiyatining kelgusi yilgi ish rejasini tasdiqlash;
6.11. Yig‘ilishning navbatdagi majlisi Yosh olimlar jamiyatining vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qilishi mumkin.
6.12. Ommaga oshkor qilinmaslikni talab qiladigan masalalar, Kengashning yopiq majlisida hal qilinadi.
7. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali ilmiy kengashi bilan o‘zaro munosabat
7.1. Yilning oxirida Yosh olimlar jamiyati TTA Farg‘ona filiali ilmiy kengashiga o‘z faoliyati haqida hisobot beradi va keyingi yilning ish rejasini tasdiqlaydi.
7.2. Ish rejasi va hisobot Yosh olimlar jamiyati tomonidan tasdiqlanadi.
7.3. Yosh olimlar jamiyati BDTI rektoratiga ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish haqida, boshqa ilmiy jamiyatlar va tashkilotlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga ko‘yishi haqida xabar beradi.
8.Yakuniy qoidalar
8.1. Yosh olimlar jamiyati amaldagi qonunchilik doirasida tashki iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, milliy va chet el valyutasida bank hisob raqamlarini ochishi mumkin.
8.2. Mazkur nizom Yosh olimlar jamiyati tomonidan ko‘rib chiqiladi va Yosh olimlar jamiyati Raisi tomonidan tasdiqlanadi.