Xorijiy talabalar qabuli

XORIJIY FUQAROLARNI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG‘ONA FILIALIGA
QABUL QILISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-sonli Farmonining 19-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandini asosan 2020-2021 o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali chet el fuqarolarining hujjatlarini masofadan turib qabul qiladi.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro‘yxatga asosan qabul qilinadi:

  1. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat;
  2. Pasport;
  3. Fotosurat (3,5×4,5)

Hujjatlar elekton ko‘rinishda fftma@mail.ru elektron pochta manziliga yuboriladi.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.

 

 

 

O