Ustoz-shogird maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy-ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida belgilab berilgan maqsad va vazifalar hamda 2017-20121-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amlaga oshirishga zamin yaratish maqsadida ustoz-shogird tizimi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Ustoz- shogirdlik” ishlari izchil olib borilmoqda.

Jumladan, yosh kadrlarning pedagogik salohiyatini rivojlanitirish, ularning zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis sifatida shakllantirish, dars jarayonini innovatsion texnologiyalar asosisida to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida “Pedagogik mahorat” darslari tashkil qilingan.  

Fililaning barcha professor-o‘qituvchilari har hafta seminar-treninglar, ochiq-darslar, master-klasslar o‘tkazib kelishmoqda. Pedagoglarning pedagogik mahoratini oshirishga mo‘ljallangan dars jarayonida innovatsion texnologiyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib borilishi bilan birga bugungi kunda malakali kadrlarni yetishtirib berish kabi vazifalar xususida ham so‘z yuritiladi.