Tibbiy profilaktika ishi

Tibbiy profilaktika fakelteti dekani:
Hamrakulov To‘lqin Zokirovich
Telefon: +99891 159-07-68
Email:

 

O‘quv ishlari bo‘yicha 
dekan o‘rinbosari:
Boltaboyev Ulug‘bek Abdusalomovich
Telefon: +99891 659-23-60
Email:
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
dekan o‘rinbosari:
Komilov Nodirbek Boqijonovich
Telefon: +99891 115-11-49
Email:

 

Fakultet tarixi va fakultet haqida umumiy ma’lumotlar

Fakultet 1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Sog‘liqni Saqlash vazirliklarining qo‘shma buyruqlari asosida Farg‘ona Davlat universiteti qoshida tibbiyot fakulteti. ochildi. Fekultetni tibbiyot markazi sifatida ochib, ikki vazirlik buyrug‘i asosida o‘qitish ishlari boshlandi. Birinchi kursga 105 nafar talaba qabul qilindi, ikkinchi kursga 2-ToshDI da Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan borib o‘qiyotganlar hisobiga 46 nafar talabalar qabul qilindi. Tibbiyot fakulteti tibbiyot markazi sifatida faoliyatini 1992 yil 1 sentyabrdan boshladi. K.M.Mirzaev dekanligida ilmiy jamoa shakllandi, ilmiy salohiyat oshib bordi. 1998 yilda tibbiyot fanlari doktori Nishonov Yusufjon Nishonovich Tibbiyot markaziga dekan bo‘ldi. Shundan so‘ng Tibbiyot markazi “Tibbiy profilaktika ishi fakulteti” deb nomlanib, unga tibbiyot fanlari nomzodi Mamatqulov Baxrom Mamatqulovich dekan, Baxtiyor Soliev dekan muovini etib tayinlandilar. Bu vaqtda fakultetda 230 nafar talaba tahsil olar edi. Fakultet ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi fakulteti nizomi” haqidagi 487 sonli buyrug‘i asosida yuritiladi. O‘tgan davr davomida fakultet dekani sifatida Abduraxmonov Muhammadjon Abduraxmonovich, Rayimov G‘ayrat Nabievich, Qoraboev Muhammadjon, Rasulov Fozil Hasanovich, Botirov Murodjon Turg‘unboevich, Sultonov G‘ofurjon Nematbekovich, Normatova Shaxnoza Anvarovnalar faoliyat olib bordilar. 2007-2008 o‘quv yilidan boshlab “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishiga va 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab “Kasb ta’lim: Tibbiy pedagogika ishi” yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi. O‘tgan davr moboynida fakultetning “Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo‘nalishini 1149 talaba, “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishi buyicha 290 talaba o‘qib tugatib, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida va qushni davlatlardagi davolash va tibbiy profilaktik muassasalarda samarali mehnat qilmoqda.Hozirgi vaqtda fakultetda jami 503 talaba bo‘lib, ulardan 109 (21,6%) davlat granti asosida va 394 (78,4%) talaba to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olmoqda. Hozirgi vaqtda fakultetda 3 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim beriladi. “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishida o‘qish muddati 5 yil, ta’lim berish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini tamomlagandan keyin bitiruvchilarga “Vrach umumiy gigienist-epidemiolog” kvalifikatsiyasi bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi, va keyinchalik quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borishlari mumkin: Tashkiliy boshqaruv; Tibbiy-ijtimoiy; Tibbiyot profilaktikasi; Ilmiy tadqiqot; Pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin. Tibbiy-profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalvr kasbiy tayyorgarlikdan keyin: Gigiyena (yo‘nalishlar bo‘yicha) tanlov mutaxassisliklari; Sog‘liqni saqlashni boshqarish (jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish); Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha); Morfologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha); farmakologiya magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirishi mumkin. “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishida o‘qish muddati 3 yil, ta’lim berish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi va tamomlagandan keyin bitiruvchilarga “Oliy ma’lumotli hamshira” bakalavr ixtisosligi beriladi. “Kasb ta’lim: Tibbiy pedagogika ishi” yo‘nalishida o‘qish muddati 6 yil, ta’lim berish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi va tamomlagandan keyin bitiruvchilarga “Umumiy amaliyot shifokori va pedagog” kvalifikatsiyasi bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi.

“Tibbiy-profilaktika ishi” fakulteti tarkibida quyidagi 9 kafedra mavjud:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi;
  2. Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi;
  3. Gigiena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash kafedrasi;
  4. Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi;
  5. Klinik allergologiya, immunologiya va sud tibbiyoti kafedrasi;
  6. 1-Ichki kasallaklar kafedrasi;
  7. 2- Ichki kasalliklar va hamshiralik ishi kafedrasi;
  8. 1-Jarrohlik kafedrasi;
  9. 2-Jarrohlik kafedrasi;

Fakultet kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning tarkibi haqida ma’lumot

Fakultet tarkibidagi kafedralar Professor-o‘qituvchilar soni Ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar
1 Ijtimoiy-gumanitar fanlar 11 2
2 Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari 16 8
3 Gigiena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash 10 3
4 Kommunal va mehnat gigiyenasi 12 2
5 Klinik allergologiya, immunologiya va sud tibbiyoti 12 3
6 1-Ichki kasallaklar 16 4
7 2- Ichki kasalliklar va hamshiralik ishi 15 3
8 1-Jarrohlik kafedrasi 17 8
9 2-Jarrohlik  kafedrasi 13 4
Fаkultet bo‘yichа jаmi: 122 37