Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Bugun yurtimiz bo‘ylab yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 683 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu munosabat bilan TTA Farg‘ona filialida talabalar bilan birgalikda Buyuk sakarda tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona Davlat Universiteti  “Tarix” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M. Nazirov, R. Mamadalievlar “Amir Temurning bunyodkorlik faoliyati” haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o‘tdilar.

Tadbir davomida filial o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Botirov hamda “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalarning qiziqtirgan savollartga javoblar berdilar.