“Patologik fiziologiya” fanidan respublika fan olimpiadasi

“Patologik fiziologiya” fanidan respublika fan olimpiadasi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 162-sonli “2017-yilda oliy ta’lim muassassalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.5.-bandi talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat korsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasidan mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish maqsadida Оliy ta’lim muassasalarida shu jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida 13-14 may kunlari “Patologik fiziologiya” fanidan respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Unda Respublikamizning barcha tibbiyot oliygohlaridan talabalar qatnashdilar.

2 kun davom etgan bilimlar bellashuvi natijasiga ko‘ra 1- o‘ringa Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali talabasi Rasuljonov Hushnudbek Avazjon o‘g‘li, 2- o‘ringa Andijon tibbiyot instituti Majidov Ibrihimjon Ozod o‘g‘li, 3- o‘ringa Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Fahriyev Jahongir Alisherovich munosib deb topildilar va diplomlar bilan taqdirlandilar.