WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

E’LON!!!

Biofizika, axborot texnologiyalari va sport kafedrasi professori M.Qoraboev tomonidan 19.01.2017 y. kuni soat 830 da TTA Farg’ona filiali 301-ma’ruzalar zalidaBiologik to’qimalarning elektrik xossalari” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkaziladi. Ma’ruzaga barcha oliy va o’rta ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari va talabalari xamda DPM xodimlari taklif etiladi.

O’zbekiston Fanlar akademiyasiga yangi prezident saylandi


2017 yilning 10 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag’ishlangan umumiy majlis bo’lib o’tdi. 

Tibbiyot oliy o’quv yurtlarida o’qish muddati qisqartirilishi mumkin


Shu yilning 5 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sog’liqni saqlash vazirligi rahbariyati va bir qator tibbiyot mutasaddilari bilan uchrashib, bu sohadagi zarur masalalarga to’xtalib o’tdi. Jumladan, mamlakatimizda shifokorlar bilan ta`minlash darajasi past saqlanib turgan viloyatlar ulushi ko’payib borayotganligi aytildi. 

Toshkentda “Fransiyada oliy ta’lim olishga bag‘ishlangan kun” bo‘lib o‘tadi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Campus France agentligi hamda Toshkent fransuz alyansi 12-yanvar soat 10:30 dan 17:30 gacha “Fransiyada oliy ta’lim olishga bag‘ishlangan kun” o‘tkazadi. Tadbirga talabalar, xususan, oliy ta’lim muassasasining oxirgi kursida tahsil olayotgan va o‘qishini Fransiyada davom ettirmoqchi bo‘lgan yoshlar taklif etiladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

6d0811a2a8def530-1533c-460x600

Foto: Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Shavkat Mirziyoyev respublikaning yetakchi tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

rasmiy_8231

Foto: O‘zA