WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

 

Hindiston OTMlariga o‘zbekistonlik yoshlarni qabul qilish jarayoni boshlangani ma’lum qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan qator uchrashuvlarda turli davlatlar delegatsiyalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

photo5357267379119303142

“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish

Davlat rahbarining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4075-son qarorida har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishda Toshkent shahri tajribasini respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilishi ko’rsatib o’tilgan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona shahrida har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etildi. “Fidokor yoshlar” guruhi tarkibida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialining 22 nafar talabalari ham a’zo bo’ldi.

IMG_20190123_133036_530

“Murojaatnoma-davlatimiz taraqqiyotining dasturilamali” mavzusida davra suhbati

23 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Fargʻona shahar kengashi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatini targʻib qilishga qaratilgan “Murojaatnoma-davlatimiz taraqqiyotining dasturilamali” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

photo_2019-01-24_08-41-41

O‘zbekistonda Rossiyaning eng nomdor tibbiyot oliygohlari bo‘limlari ochilmoqda

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti qo‘shma xalqaro fakulteti tashkil etiladi. Bu borada ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, dedi Xalqaro Press Klubning sog‘liqni saqlash sohasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

8183225