WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

 

Kelajak yoshlar qoʻlida

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali,Fargʻona Davlat universiteti , O’zbekiston “Adolat” partiyasi Fargʻona viloyat kengashlari  hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash  aholining jimoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi  qarori va 2018 yil 18 dekabr kungi zamonaviy kadrlarga ehtiyojni taʼminlash, bilimli yoshlarni strategik sohalarga  jalb etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda soʻzlagan maʼruzada kelib chiqib, “Yosh adolatchilar klubi” tashkil qilindi.

 photo_2019-01-30_09-31-46

“Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish” masalasida yig’ilish

Joriy yilning 29 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali yigʻilishlar zalida DXX Fargʻona viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi xodimlari, filial professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirokida  “Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish”  masalasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

photo_2019-01-31_08-50-16 

“Islomda ekstrimizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida davra suhbati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-281-sonli xatiga asosan 2019 yil yanvar-fevral oylari davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va talabalari orasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida 28 yanvar kuni “Tinchlik-eng oliy ne’mat” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

photo_2019-01-29_09-21-18

Ekologik umumxalq xayriya hashari

Hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

photo_2019-01-29_09-14-30