WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning ko‘p asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo‘lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Biz uchun haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimiz samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad – eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.

OLIY TA’LIM MUASSASALARNING O`QUV REJALARI TUBDAN QAYTA ISHLAB CHIQILADI.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 26 may kuni 2016/2017 o`quv yilida respublikaning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda 2016/2017 o`quv yili uchun qabul kvotalari belgilangan bo`lib, ular o`tgan yildagi kvotalardan farq qilmaydi: bakalavrlar — 57907 nafar talaba (davlat grantlari bo`yicha — 19120, to`lov-kontrakt asosida — 38787), magistrlar — 5000 nafar (grantlar bo`yicha — 1548, kontrakt asosida — 3452).

Samarqandda ko‘rishguncha, xayr

Samarqandda ko‘rishguncha, xayr

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida 28-may kuni “Universiada – 2016” respublika sport o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident qaroriga ko’ra 2016/2017 o’quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarida talab etiladigan ixtisosliklar bo’yicha yuqori malakali kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda ish beruvchilarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan talab-ehtiyojlarini, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarning maqsadli o’rta muddatli dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalashni, mamlakat mintaqalarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda o’zaro bog’liqligi va mutanosibligini kuchaytirish maqsadida:

“Elektron hukumat” tizimi takomillashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat”ni joriy etishning huquqiy asoslari” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, “elektron hukumat” axborot tizimi faoliyati va joriy etilishini tartibga soluvchi axborot sohasi qonunchiligining amaliyotga tatbiq etilishi samaradorlikni yanada oshirishini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingani bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratdi.