Xorijiy talabalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha o‘quv bino va yotoqxonalarga kirish joylarida turniket tizimi va kecha-kunduz navbatchilikda turadigan Ichki ishlar xodimlari ishlaydi. Barcha o‘quv binosi va yotoqxona xududida videokuzatuv yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha yo‘laklar va bino atrofi xududi kuzatuv ostida bo‘ladi.