Xorijiy talabalar turar joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali talabalari, xususan chet ellik talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali hududida yotoqxonalar tashkil etilgan. Yotoqxonalarda yashash uchun barcha qulayliklar mavjud. Yotoqxonalar hududida bepul Wi-Fi mavjud bo‘lib barcha talabalar kompyuter va boshqa qurilmalar orqali internet tarmog‘iga ulanib o‘quv jarayoniga tayorlanishlari mumkin.

Sharoiti

Yotoqxona 3 qavatdan iborat. Har bir qavatda aloxida yuvinish xonasi (dushxona) va xojatxona mavjud. Har bir qavat mebellar bilan jixozlangan. Yotoqxonaning  har bir qavatida 2 tadan oshxona va dazmollash xonasi, kir quritish xonasi, dam olish xonasi mavjud. Ma’naviyat-ma’rifat xonalarida talaba yoshlarimiz  yurtimizda va jaxonda bo‘layotgan voqea va xodislardan xabardor bo‘lishlari uchun 8 turdagi  gazeta jurnallar bilan ta’minlangan. Yotoqxona kapital ta’mirlangan.

Manzil: Farg‘ona shahar Said Ahmad ko‘chasi 57-uy.

Talabalar turar joyi boshlig‘i: 

Niyozova Odina Qosimjonovna

Telefon: 0(373)243-00-18