O‘quv-uslubiy bo‘lim

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i:
Sotvoldiyev Shokirjon Umarovich
Tel.: +99890 534-70-27
Elektron manzil: istambek88@mail.ru

 
O‘quv-uslubiy bo‘lim inspektori:
Babaxodjaeva Safura
Valiyevna
O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi:
Rahmonova Nodiraxon Rahmatjonovna
O‘quv-uslubiy bo‘lim dispetcheri:
Mamatova Shaxnoza Abduvaxobjonovna

 

O‘quv bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining asosiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, u filial direktoriga bo‘ysunadi va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan boshqariladi.

Bo‘limning vazifalari:
1. O‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash va o‘quv jarayoniga to‘laqonli tadbiq etish;
2. O‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash va takomillashtirish;
3. O‘quv rejasiga Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘zgartirishlar kiritib borish, turdosh oliy ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatish;
4. Filialda o‘quv rejasi va dasturlar asosida o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirish;
5. O‘quv yillari uchun o‘quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;
6. O‘quv jarayoniga talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish bo‘yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o‘quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressiv usullarini tadbiq etish;
7. Filial hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va ma’ruza zallaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
8. Talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha xulosalar chiqarish, joriy o‘zlashtirish va Yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalarini taxlil qilish va ular asosida filial bo‘yicha Ilmiy Kengashga xisobot tayyorlash;
9. Filialning Ilmiy Kengashi, direktorat majlislari, Ilmiy- uslubiy hay’atga o‘quv ishlari bo‘yicha ma’lumotlar va qarorlar loyixasini tayyorlash;
10. O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo‘riq xat, ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda ilmiy va direktorat kengashi karorlarini, direktor va direktor o‘rinbosarlari buyruq, farmoyish va joriy ko‘rsatmalarini dekanat, kafedra va filialning boshqa bo‘limlariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
11. O‘quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
12. Muddatli buyurtmalar: professor-o‘qituvchi jurnali, ma’ruzalarni qayd etish jurnali, o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvoxnomasi va o‘quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta’minlanishini nazorat qilish;
13. Kafedra va fakultetlarda o‘quv ishlariga mutasaddilar bilan o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
14. Talabalar kontingentini aniqlash;
Dekanatlar va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va h.k.