Devonxona

4

Devonxona bo‘limi boshlig‘i:
Isaqov Saidmalik Solijonovich
Tel.: +99893 971-95-95

 

Шерматова С. Абдурахимова М.
Arxivvarius:
Shermatova Sayyora
Alijonovna
Tel.: +99891 301-75-06
Xat tashuvchi:
Abdurahmonova Mahliyo
Akramjon qizi
Tel.: +99891 285-18-30

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filial devonxona bo‘limida bo‘lim boshlig‘i, xat tashuvchi, arxivvarius yordamchi xodimlar o‘z fidoiyligi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Ular filial qoidasi asosida ish olib borish bilan bir qatorda, kelib tushgan xat-xabarlarni, buyruq va farmonlarni, qaror va ko‘rsatmalarni qabul qiladi va uni shu vaqtda ro‘yxatga olib tegishli o‘rinlarga jo‘natadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kelgan xatlar, modemogrammalar, faks, kollegiya qarorlari, kelgan telefonogramma va buyruqlarni ro‘yxatga olib «E-hujjat” dasturiga kiritgandan keyin nazorat kartochkalari bilan birgalikda javobgar shaxslarga, ya’ni bo‘limlarga «E-hujjat” orqali direktor yordamchisi tomonidan bo‘limlarga tarqatiladi.
Shuningdek, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojotlari ro‘yxatga olinib, ularning og‘zaki va yozma murojaatlari ro‘yxatga olinadi hamda javobgar odamlarga berilib, ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
Arxiv ishini tashkillashtirishda bo‘limlarda arxivga topshiriladigan hujjatlar tegishli tartib bo‘yicha ro‘yxatga olinib, belgilangan muddatda saqlanadi. Shuningdek, davlat arxivi bilan birgalikda ish olib boradi.
Filial direktori tomonidan chiqarilgan buyruqlar tegishli fakultetlarga, kafedralarga ham bo‘limlarga nusxalari tayyorlanib, o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi.

Arxiv bo‘limida TTA Farg‘ona filialiga o‘qishga topshirgan abituriyentlar hujjatlari saqlanadi va qaytariladi.
TTA Farg‘ona filialini tugatgan talabalarga tegishli o‘qish davrida yuritilgan shaxsiy hujjatlar but holatda saqlanib tibbiyot xodimlariga arxiv ma’lumotnomalari tayyorlanadi.
TTA Farg‘ona filiali bo‘limlarida yuritilgan barcha hujjatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va arxivda saqlanadi.