![]() |
||||
Axborot-resurs markazi direktori: |
![]() |
![]() |
![]() |
Axborot kutubxona resusrlari butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi kutubxonachisi: Shokirova Nigoraxon Ismailovna |
Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo‘limi kutubxonachisi: Usmonova Hayitxon Soli qizi |
Horijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi kutubxonachisi: Ismoilova Shahzodaxon Ahmadjonovna |
Axborot – resurs markazining asosiy yo‘nalishlari:
- Barcha toifadagi kitobxonlarga ta’lim, ilmiy va amaliy faoliyatiga muvofiq xizmat ko‘rsatish;
- O‘quv va ilmiy jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, axborot manbalari tavsiyasi uchun ARM fondini shakllantirish, elektron ommaviy axborot vositalarida xujjatlar fondini shakllantirish;
- Fondni shakllantirish, badiiy ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, shu jumladan badiiy adabiyotlarning elektron ko‘rinishga o‘tkazish;
- ARM fondini elektron formatiga raqamlashtirish va uzatish;
- ARMAT dasturiga muvofiq EK shakllanishi;
- Barcha toifadagi kitobxonlar ishtrokida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, kitobxonlikni oshirish;
- Talabalar bilan o‘quv mashg’ulotlar usullarini takomillashtirish, yoshlarni badiiy adabiyotlar o‘qishlariga jalb qilish, TTA Farg‘ona filiali olimlarining xayoti va faoliyatini targ’ib etish, Respublika va filial xayotidagi eng muhim siyosiy g’oyalar, madaniy ma’rifiy axborotlarni yoritib berish;
- ARMAT dasturi bo‘yicha Oliy ta’lim Vazirligining yagona elektron katalogini va elektron ma’lumotlar bazasini yaratishda qatnashish;
- Medline, EBSCOhost, Thomson Reuters (Veb of Science Core Collection), Oksford universitet matbuoti va boshqalar. Elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanuvchilar uchun mos yozuvlar va bibliografik axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
- ARM xodimlarini malakasini oshirish, turli darajadagi kutubxonachilik bo‘yicha Respublika va xorijda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish, ingliz tili asoslarini o‘rganish, tibbiyot terminologiyasi va boshqalarni yaxshi o‘zlashtirish.
Izlash, buyurtma va xujjatlar bilan ishlash
- ARM xujjatlaridan foydalanish xizmat ko‘rsatish tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Internetdan virtual kutubxona xizmati chegarasida foydalaniladi.
- Adabiyotlar izlash va uning buyurtmasi odatiy kataloglar hamda “ARMAT” dasturiga asoslangan elektron katalog asosida olib boriladi. Elektron katalogdan foydalanish huquqiga barcha ega.
- ARM dan foydalanuvchilar quyidagi xizmat imkoniyatlariga ega:
- Alfavit katalogdan izlash
- Sistematik katalogdan izlash
- Tibbiy ko‘rgazmali rubrikalardan izlash.(MeSH)
- Elektron katalogdan izlash
- Xujjatning mavjud elektron nusxasiga buyurtma berish
- Elektron nusxasi bo‘lmagan xujjatga buyurtma berish
- Foydalanuvchi mavzuga kerakli xujjatlarga oldindan buyurtma berib ularni olish vaqtini belgilaydi.