Filial tarixi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘|ona filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-sonli qaroriga binoan Farg‘ona Davlat Universiteti qoshidagi “Tibbiyot markazi” asosida tashkil qilingan. Filial hozirgi vaqtda Respublikadagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda Respublikamiz viloyatlari uchun Davolash ishi, Kasb ta’limi “Tibbiy pedagogik ish”, “Tibbiy-profilaktika ishi” va “Oliy hamshiralik ishi”, “Biotibbiyot muxandisi” ixtisosliklari bo‘yicha “Umumiy amaliyot shifokori”, “Vrach umumiy gigienist-epidemiolog” va “Oliy ma’lumotli hamshira”, “Tibbiyot muxandisi”larini hamda  qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbbiyot universiteti bilan hamkorlikda Davolash ishi va Stomatologiya, Kursk davlat tibbbiyot universiteti  bilan hamkorlikda Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Davolash vrachi”, “Vrach stomatolog”,  “Vrach pediatr”larni  tayyorlovchi tibbiyot oliy o‘quv yurtidir.

Talabalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni filialning 75 professor-o‘qituvchilari olib boradilar. Ularning 30 nafari ilmiy darajali o‘qituvchilardir (15 nafar fan doktorlari, professorlar va 20 nafar fan nomzodlari, dosentlar).
O‘quv jarayoni filial tarkibidagi 11 kafedraning nazariy va amaliy hamda klinik bazalarida olib boriladi.

Hozirgi vaqtda filial umumiy maydoni 8224 kv.m bo‘lgan Farg‘ona shahar Yangi Turon ko‘chasi 2a uyda joylashgan. Klinik kafedralar esa Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va RShTYoIM Farg‘ona filialida joylashtirilgan.

O‘quv jarayonini tashkil qilishda xozirgi vaqtda 100 zamonaviy kompyuterdan iborat Filialning kompyuter parkidan foydalanilmoqda. Filialda “Axborot-resurs markazi” tashkil qilingan. Axborot resurs markazi va uning filiallaridagi o‘quv zallari internet bilan bog‘langan kompyuter, printer, skanner hamda nusxa ko‘chirish apparatlari bilan ta’minlangan.

Hozirgi vaqtda filialda smart interaktiv auditoriya, kompyuter va videoproektorlar bilan ta’minlangan 15 ta ma’ruza zallari, fanlar bo‘yicha 12 ta, shu jumladan mutaxassislik fanlaridan 8 ta o‘quv laboratoriyalari tashkil qilinib, 60 ga yaqin turli zamonaviy apparatlar va maxsus laboratoriya anjomlari bilan jihozlandi. Filial kutubxonasi keyingi 3 yil ichida 11397 dona darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitilib, umumiy kitob fondi 35 000 ga yetkazildi. Xozirgacha filialni mingdan ziyod yosh mutaxassislar bitirib chiqqan. Ulardan 60% Farg‘ona vodiysi viloyat, shaxar va tuman DSENM larida, 25% shifoxona va poliklinikalarda, 15% hususiy tibbiyot muassasalarida hizmat qilmoqda. Filial kafedralarining professor-o‘qituvchilari tibbiyotning turli sohalari bo‘yicha belgilangan rejalarga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ilmiy izlanishlar ichida atrof-muxit va ishlab chiqarish omillarining aholi va ishchilar salomatligiga ta’siri hamda ulardan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, vodiyning turli hududlarining ekologik holatini, suv, xavo va tuproqning sanitariya holati va unga ba’zi biologik omillarni ta’sirini o‘rganish keng o‘rin olgan. Ilmiy ishlarning natijalari bo‘yicha ohirgi yillarda 10 monografiya, 300 dan ortiq jurnal maqolalari va 20 o‘quv qo‘llanmasi chop etildi. Olib borilgan ilmiy ishlar natijalarini tahlili bo‘yicha 2001 va 2003 yillarda Filialda Respublika miqyosidagi 2 ta ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi va o‘tkazildi.

1.Sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda tashqi ekologik muhit va sog‘lom turmush tarzining axamiyati. (2001 yil 30-31 oktyabr)

2.O‘zbekiston aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishining dolzarb muammolari (2003 yil 18-19 sentyabr). Filial tashkil qilingandan buyon 7 fan doktori va 8 fan nomzodi tayyorlandi. S.Ahmad kuchasidagi 3 kavatli binoda talabalar turar joyi tashkil qilingan va u 350 talabaga mo‘ljallangan. Talabalar uyida talabalarning yashashlari, dam olishlari va darslarga tayyorlanishlari uchun zarur sharoitlar mavjud. U yerda “Axborot-resurs markazi” filiali, 2 ta sport zal tashkil qilingan.

Hozirda talabalar turar joyida turli to‘garaklar ishlab turibdi.