Filial nizomi

TOSHKENT TIBBIYОT AKADEMIYASINING FARG‘ONA FILIALI

NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-sonli Qaroriga binoan 2-ToshDavTI Farg‘ona filiali Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga aylantirilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Sog‘liqni Saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim Dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq o‘quv-uslubiy, ilmiy, pedagogik va ta’lim xizmatlarini amalga oshiradi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 yil), “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi (1997 yil), Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, farmoyishlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent tibbiyot akademiyasining me’yoriy – huquqiy xujjatlari va mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali yuridik shaxs bo‘lib, notijorat muassasa hisoblanadi. Tezkor bopshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega bo‘lib, ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi; o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi, mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, mulkini erkin tasarruf etishi, sudda da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin.

Mustaqil balansiga, bank muassasalarida hisob raqamlar ochish, valyuta hisob raqamlariga ega bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muxrga, burchak shtampi va boshqa rekvizitlar tushurilgan moslamalarga ega bo‘lishi mumkin.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali joylashgan manzil:

Farg‘ona shahar, Yangi – Turon kuchasi 2-a uy, Indeks 712000.

Filialning kistsartirilgan nomi: – (TTA Farg‘ona filiali)

Lotin tilidagi nomi: – Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali (TTA Farg‘ona filiali)

Rus tilidagi nomi:       – Ферганский филиал Ташкентской медициской академии

Ingliz tilidagi nomi: – Fergana branch of the Tashkent medical academy

II. FILIALNING ASOSIY FUNKTSIYALARI VA VAZIFALARI.

2.1.  Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining asosiy vazifalari:

– talabalarning intellektual, madaniy, ma’naviy-ahloqiy kamol topishidagi ehtiyojlarini oliy ta’lim va undan keyingi ma’lumot olishi orqali qondirish;

– har tomonlama rivojlangan, sodiq, vatanparvar shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o‘z Vatani fidoiysini, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini hurmat qiluvchi, xalq an’analariga amal qiluvchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi shaxs etib shakllantirish;

– ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali profilaktik tibbiyotni, hamshiralik ishini taraqqiy ettirish, to‘plangan natijalarni ta’lim jarayoniga joriy etish;

– tibbiyotning muvofiq soxalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassilarni va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– jamiyatning tibbiy madaniyatini qadriyatlar tizimida rivojlantirish, saqlash va boyitish;

– axolining turli qatlamlarida tibbiy bilimlarni tarqatish, ularning madaniy darajasini ko‘tarish va xalq sog ‘lig‘ini mustaxkamlash yo‘lida xizmat qilish;

– amaldagi nomenkulaturaga binoan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida joylashgan sanitariya-epidemiologiya xizmati va davolash-profilaktika muassasalarini Umumiy gigienist-epidemiolog vrachlari, Umumiy amaliyot shifokorlariga (UASH) hamda, viloyat Tibbiyot kollejlarini Oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bo‘lgan extiyojini qondirish;

– o‘quv jarayoniga bog‘liq holda axolining sogligini saqlash muammolarini xal etish, ularni oldini olishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, o‘tkazish va amaliyotga tadbiq qilish;

– talabalar va shifokorlar uchun zamonaviy talablarga javob beraoladigan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, risolalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv videofilmlar tayyorlash;

– sog‘liqni saqlash muassasalari va tashkilotlariga davolash, maslaxat va tibbiy xizmatni tashkil qilish bo‘yicha amaliy yordam berish;

– talabalarga nazariy va amaliy bilim berish, ko‘nikmalarni shakllantirish uchun Farg‘ona viloyat, Farg‘ona shahar va tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari (DSENM)da ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, o‘tkazish bazalarini yaratish;

– Respublika Shoshilinch tez yordam Ilmiy Markazi (RSHTYoIM) Farg‘ona filiali klinikasi, Farg‘ona shahar 3-sonli shifoxonasi, viloyatdagi barcha ixtisoslashgan tibbiyot dispanserlari, shifo maskanlarini, Farg‘ona viloyati va shahar DSENMlarini amaliy bilimlarni takomillashtirish bazalari sifatida qabul qilib foydalanish, ularning faoliyatida klinikalar to‘g‘risidagi Nizomga amal qilinishini ta’minlash;

– kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash, kasalliklarning tarqalishini oldini olishda eng zamonaviy usullarni qo‘llash va amaliyotga taqbiq qilish;

– tibbiyot, xalq tabobati va salomatligini yaxshilash yo‘lida tashqi-muhitni muxofaza qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish va o‘tkazish;

– axolining turli ijtimoiy qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom hayot, sog‘lom yashash sifatini shakllantirish maqsadida sanitariya targ‘ibot ishlarini olib borish;

– Axoliga va ishlab chiqarish korxonalariga shartnoma asosida pullik xizmatni tashkil etish.

III. FILIALNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan Filialning maqsad va vazifalariga mos holda quyidagi huquqlar berilgan:

3.1. Filialga xorijdan o‘quv maqsadlari uchun zamonaviy texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar sotib olish, xorijiy universitetlar, institutlar, firmalar bilan hamkorlikda tibbiy tayyorgarlikning ilg‘or shakl va usullarini yaratish, ularni rivojlantirish maqsadida yirik ilmiy- tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “Tibbiy- profilaktika ishi”, “Oliy hamshiralik ishi”, “Umumiy Amaliyot Shifokori”, “Tibbiy-pedagogika ishi” yo‘nalishlariga mos holda markazlarni tashkil etish, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha anjumanlarda ishtirok etish, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va ularda qatnashish.

3.2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni bajarish maqsadida ilmiy zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish, tashqi aloqalar tizimini iqtisodiy boshqarish vositalarini yaratish.

3.3. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali oldiga kuyilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

– yuqori idoralar vakolatiga kirmaydigan va amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan zarur qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish;

– professor-o‘qituvchilar, magistrlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va talabalarning intellektual salohiyatidan keng foydalanish uchun tegishli tuzilma yaratish, mehnatni to‘g‘ri tashkil etish va rag‘batlantirish shakllarini belgilash;

– olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari, mavzularini belgilash, ko‘lamini aniqlash, samarasini yaxshilash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli kafedralaridagi professor-o‘qituvchilar, hamkor tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, tibbiyotga doir ilmiy-tadqiqot institutlari va tegishli tashkilotlar bilan hamjixatlikda faoliyat yuritish;

– barcha qiymatdagi asbob-uskunalar, filialda tayyorlangan qurilmalar, materiallar, kitoblarni balansdan-balansga o‘tkazish, yaroqsiz xolga kelgan yoki eskirgan asosiy o‘quv vositalarini belgilangan tartibda hisobdan chiqarish;

– tashkilotlarga va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan tartibda xo‘jalik hisobidagi korxonalarni tashkil etish, ularning har xil turdagi pullik xizmat (tibbiy yordam ko‘rsatish, patent, izlanish, tajribalar va boshqalar) ko‘rsatish tizimlarini tasdiqlash;

– foydalanilayotgan asbob-uskunalar, mol-mulk, materiallar va boshqa resurslarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablag‘‘larni o‘z ixtiyorida qoldirish, ulardan o‘z moddiy-texnik va ijtimoiy bazasini kengaytirishda foydalanish;

– ijtimoiy bazani, sport-sog‘lomlashtirish, davolash-profilaktika va madaniy tarmoklarni rivojlantirish;

– moddiy qiymatga ega bo‘lgan jixozlarga, qonunchilikka rioya qilgan holda sotib olingan mulkka, intellektual va boshqa mulklarga ega bo‘lish, ulardan foydalanish, zarur hollarda, qonunchilikni buzmasdan ularni almashtirish hamda boshqa tashkilotlarga berish huquqiga ega.

IV. FILIALNING BOSHQARUV TIZIMI VA TARKIBIY O‘ZILISHI.

Filialning boshqaruv tizimiga quyidagilar kiradi: Direktor, O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, , fakultet dekani.

Direktor:

4.1. Filialning umumiy faoliyatini tashkil etadi va unga to‘liq javob beradi.

4.2. Amaldagi qonunlarga muvofiq; barcha idoralar, korxonalarda filial nomidan ish ko‘radi.

4.3. Filialning mol-mulklari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bankda filial hisobini ochadi.

4.4. Filial vakolati doirasida professor-o‘qituvchilar, yordamchi xodimlar, talabalarga tegishli bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

4.5. Xodimlarni ishga qabul qiladi, ishdan bo‘shatadi.

4.6. Direktor o‘rinbosarlarini va ma’muriy bo‘linmalarning raxbarlarini mukofotlash masalalarini hal qiladi.

4.7. Direktor huzurida muammolarni tezlik bilan muxokama qilish, boshqarish maqsadida uning raisligida filial faoliyatini kollegial tarzda ko‘rib chiquvchi direktorat tashkil qilinadi. Direktorat qarorlari o‘quv muassasining raxbari tasdig‘i bilan huquqiy kuchga kiradi.

4.8. Filial direktori ma’lum sabablarga ko‘ra (xizmat safari, mehnat ta’tili, betobligi va boshqa paytlarda) yo‘q bo‘lgan hollarda, uning vazifalarini O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bajaradi.

4.9. Amaldagi qoidalarga muvofiq; filial ilmiy va faoliyat mazmunidagi jamiyatlarni tuzishi mumkin.

4.10. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali direktori TTA rektori tavsiyasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi.

4.11. Toshkeni tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun direktor tomonidan va uning raxbarligida Ilmiy Kengash tashkil etiladi. Ilmiy Kengashga Nizomga ko‘ra direktor (rais), direktor o‘rinbosarlari, dekan, kafedra mudirlari, dekan muovini, filial tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilotlar va bo‘limlar (“Yoshlar Ittifoqi”, xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmasi) yetakchilari kiradi. Ilmiy Kengashning ish tartibi (Reglamenti)ni Ilmiy kengash haqidagi Nizom belgilab beradi.

4.12. Oliy o‘quv yurtini asosiy tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan fakultetga dekan raxbarlik qiladi. Dekan filial direktori tavsiyasiga ko‘ra Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishib, shu fakultetning professor-o‘qituvchilari tarkibidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Dekan fakultetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlar va ko‘rsatmalar beradi. Dekan fakultet faoliyatiga raxbarlik qilib, barcha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va ta’lim – tarbiyaviy ishlarning bajarilishi uchun mas’uldir. Fakultet dekani bevosita filial direktori (direktor o‘rinbosarlari)ga bo‘ysunadi.

4.13. Kafedra faoliyatiga 5-yil davomida konkurs asosida faoliyat ko‘rsatuvchi mudir raxbarlik qiladi. Mudir kafedrada olib borilayotgan o‘quv, o‘quv – uslubiy, ilmiy va ta’lim – tarbiyaviy ishlarning natijalari uchun mas’uldir.

4.14. Filialda professor-o‘qituvchi va xodimlar kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Yoshlar Ittifoqi”, talabalar kasaba uyushmasi va “Vatanparvar” klubi faoliyat ko‘rsatadi; Filial jamoat tashkilotlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yordam beradi, bepul joy beradi, zarur jixozlar bilan ta’minlaydi.

4.15. Filial xujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘rsatmalarga muvofiq yuritiladi, belgilangan tartibda hisobotlar yuqori tashkilotlarga taqdim etiladi.

– Filial, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish va boshqa vazifalarni bajarish bo‘yicha, o‘z faoliyatini o‘zi ishlab chiqqan va tasdiqlangan rejalar asosida amalga oshiradi.

V. TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG‘ONA FILIALINING ILMIY KENGASHI.

– o‘quv-tarbiya jarayonining tashkiliy masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

– ilmiy-tadqiqotlar rejalarini tasdiqlaydi;

– talablarga muvofiq tajriba xonalarini, kafedralarni, fakultetlarni tashkil etadi;

– kafedra taqdim etgan xujjatlar asosida kafedra mudiri nomzodi masalasini ko‘rib chiqadi va yashirin ovoz berish yo‘li bilan nomzodlar tanlovini o‘tkazadi;

– kafedra taqdim etgan xujjatlar asosida kafedra professor-o‘qituvchilari nomzodi masalasini ko‘rib chiqadi va yashirin ovoz berish yo‘li bilan nomzodlar tanlovini o‘tkazadi;

– direktorning yillik hisobotlarini tinglaydi;

– filialning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot fondlaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Ilmiy Kengash qarorlari direktor tomonidan tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.

VI. O‘QUV JARAYONI ISHLARINI TASHKIL ETISH.

6.1. Ta’limning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Davlat ta’lim standarti, Oliy tibbiy ta’lim konsepsiyasi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan  o‘quv rejalari va namunaviy dasturlar asosida tashkil etiladi.

6.2. Filialda ta’lim jarayoni va xujjatlarni rasmiylashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq talabalarning o‘z ona tilida bilim olishi va mutaxassis tayyorlashni ta’minlash imkoniyatlaridan kelib chiqib, tashkil etiladi.

6.3. O‘qitish   uchta tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. O‘quv jarayoni 2 ta semestrga bo‘linib, har biri Yakuniy nazoratlar sessiyasi va ta’til bilan yakunlanadi. O‘quv mashgulotlari semestrlar bo‘yicha tuzilgan dars jadvallari asosida olib boriladi.

6.4. O‘quv      jarayoni filial tomonidan kadrlarni sifatli tayyorlash, sog‘lom va samarali o‘qish, mehnat qilish va yashash sharoitini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etiladi.

6.5. Talabalarning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etilishi (paxta yig‘im-terimiga), viloyat xokimligi qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi raxbariyati bilan kelishilgan holda, amalga oshiriladi.

6.6. Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari reyting daftarchasida “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” ko‘rsatkichlar bilan qayd etiladi. Talabaning o‘quv faoliyati reyting nizomi asosidagi tegishli talablar asosida amalga oshiriladi.

6.7. O‘quv yili semestrlarining o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha nazorat turlarini o‘zlashtira olmagan talabalar keyingi kursga ko‘chirilmaydi va talabalar safidan chetlashtiriladi.

6.8. O‘quv rejasi va fan dasturlari talablarini o‘zlashtirgan talaba Yakuniy Davlat attestatsiyasi (YaDA)ga qo‘yiladi. YaDAni muvofaqqiyatli topshirgan bitiruvchilarga tegishli ixtisoslik va bakalavr diplomi beriladi.

6.9. Filialda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalar va o‘qituvchilarning birgalikda o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyatlarida amalga oshiriladi. Jamoat tashkilotlari, talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari, qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklar, klublar, studiyalar, talabalar va filial xodimlari jamoalari, badiiy xavaskorlik birlashmalarining ishini tashkil etadi.

VII. TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING FARG‘ONA FILIALI TALABALARI.

7.1. Abiturientlarni oliygoxga qabul qilish, talabalar safidan chiqarish va qayta tiklash, boshqa Oliy o‘quv yurtlariga o‘tkazish yoki boshqa oliy o‘quv yurtlaridan Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Davlat Test markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

7.2. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga asoslanib semestr davomida, belgilangan tartibda, oylik stipendiya belgilanadi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo”, ilmiy-tadqiqot ishlarida va Ijtimoiy-foydali mehnatda faol ishtirok etayotgan talabalarni nomdor stipendiat maqomini olishga tavsiya qiladi.

7.3. Boshqa viloyatlardan, boshqa shahar va tumanlardan o‘qishga qabul qilingan talabalar turar joy bilan ta’minlanadi.

7.4. Talabalarga belgilangan namunadagi talabalik guvoxnomasi va reyting daftarchasi beriladi.

7.5. Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali talabalari quyidagi huquqlarga ega:

– tanlagan ixtisoslik fanlari hamda ijtimoiy fanlardan tegishli o‘quv rejalari va fan dasturlarida ko‘zda tutilgan barcha turdagi nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalarni malakali va mahoratli o‘qituvchilar yetakchiligida egallash va zamonaviy tadqiqot usullarini qo‘llash;

–  umumiy madaniyatini oshirish, ma’naviy kamolotga intilish;

7.6. O‘quv va ilmiy-izlanishdagi yutuqlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faolligi uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilish. Moddiy rag‘batlantirish turlari talabalar jamoasining tavsiyasiga binoan mavjud mablag‘‘lar doirasida amalga oshiriladi.

7.7. O‘quv fanlarini belgilangan muddatda o‘zlashtirmagan, davomati past, axlok kodeksiga, filial ichki tartib-qoidalariga va talabalar turar joyining normalariga rioya qilmagan talabalar “Yoshlar Ittifoqi” va kasaba uyushmasi yetakchilarining bayonnomasi asosida direktor buyrug‘i bilan talabalar safidan chiqariladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialini tamomlagan va bakalavr darajasini olgan yosh mutaxassislar shartnoma asosida ish joylariga taqsimlanadi va yuboriladi.

VIII. PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI VA BOSHQA XIZMATCHILAR.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali jamoasini professor-o‘qituvchilar, ilmiy, muxandis texnik xodimlar, ma’muriy-xo‘jalik, yordamchi va boshqa turdagi xizmatchilar lavozimidagi jismoniy shaxslar tashkil etadi.

8.1. Professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar lavozimlariga nomzodlar attestatsiyadan so‘ng amaldagi tanlov qoidalariga ko‘ra qabul qilinadi.

8.2. Filial professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining huquqlari:

– filial (fakultet) Ilmiy kengashiga saylash va saylanish;

– filial (fakultet) va uning qoshidagi boshqa bo‘limlar kengashlarida o‘quv jarayoni, ilmiy, ijodiy faoliyat va ishlab chiqarish (tibbiy-profilaktika ishi, kasb talimi: tibbiy pedagogic ish va oliy hamshiralik ishi) faoliyatining muhim masalalarini muxokama qilishda qatnashish;

– filialdagi ma’ruza, o‘quv mashg‘ulotlari xonalaridan, ARM, internet, kutubxona, hisoblash markazlari, o‘quv va ilmiy bo‘limlari xizmatidan foydalanish:

– sog‘lomlashtirish va sport bazalaridan foydalanish;

– o‘quv jarayonini yuqori saviyada olib borishni ta’minlaydigan ta’lim texnologiyalari usullari, vositalarini tanlash va joriy etish;

– kasb obro‘sini, etikasi, qadr-qimmatini himoya qilish;

– ta’lim muassasasini boshqarishda qatnashish;

– mutaxassislik bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish;

– malakasini oshirish va qayta tayyorlov kurslaridan o‘qish;

– Respublika va xalqaro miqyosidagi anjuman, konferentsiya, simpoziumlarda qatnashish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish;

– narxlar indeksining o‘zgarishlariga mos ravishda o‘zgartirilib boriluvchi kafolatlangan ish haqi miqdoriga, qisqartirilgan ish vaqti va uzaytirilgan to‘lovli ta’tilga muvofiq ravishda malakasidan va pedagogik faoliyatining natijalaridan kelib chiqib ish haqini olish;

– uy-joy bilan ta’minlanish, uy-joy qurish, yer maydoni va qurilish materiallarini sotib olish uchun xokimiyatga taqdimnomalar bilan chiqish.

8.3. Filial professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari:

– pedagogik faoliyatini yuqori darajada “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash” Milliy dasturi asosida tashkil etish;

– talabalarni Vatanga sadoqat, ota-onaga, xotin-qizlarga, xalqiga va kasbga hurmat, ma’naviy-madaniy, tarixiy, milliy va umuminsoniy kadriyatlarini e’zozlash, atrof-muhitni asrab – avaylash ruhida tarbiyalash;

– mustaqil fikrlovchi talabalarni shakllantirish, ularning tili, dini, irqi va millatidan qat’iy nazar do‘stlik, totuvlik, o‘zaro hamjixatlik, tinchliksevarlik ruhida tarbiyalash;

– pedagogik bilimlarini va ilmiy salohiyatini uzluksiz rivojlantirib boorish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

– pedagogik mahorati va mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini doimo takomillashtirib borish maqsadida 3 yilda bir marta malaka oshirish;

– mutaxassisligi yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘quv-uslubiy ishlarni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish va bajarish;

– yosh o‘qituvchilarni hurmat qilish, ularga ustoz va murabbiylik qilish;

– filialning ichki tartib qoidalariga rioya qilish.

IX. ILMIY TADQIQOT VA IJODIY ISHLARNI TASHKIL QILISH.

9.1. Filialni yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy Kengashi tasdiqlagan mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

9.2. Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag‘lar hisobiga moliyaviy ta’minlanadi:

– fanning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlani bajarish uchun ajratilgan davlat byudjeti;

– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mablag‘i va shartnomalardan tushgan mablag‘lar;

– filialni ijtimoiy rivojlantirish fondi;

– turli grantlar hisobidan,

9.3. Filial ilmiy izlanishlar natijalarining sifati uchun javobgarlikni to‘laligicha o‘z zimmasiga oladi.

9.4. Ilmiy-pedagogik va ilmiy kadrlarni oliy o‘quv yurtida o‘qitish va tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

– magistratura

– katta ilmiy xodim-izlanuvchi

– mustaqil izlanuvchi

– ilmiy, pedagogik, ijodiy stajirovka o‘tish maqsadida mahalliy yoki xorijiy ilmiy tekshirish institutlariga, oliy o‘quv yurtlari va tegishli tashkilotlarga yuborish;

– tadqiqotni rasmiylashtirish ishlarini tamomlash uchun ijodiy ta’tillar berish;

– oliy o‘quv yurtlarining maxsus fakultetlari va markazlarida malakasini oshirish;

9.5. MDH, va xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, uzluksiz tibbiy ta’lim o‘quv-ilmiy-uslubiy markazlari bilan hamkorlikdagi ilmiy ishlarni amalga oshiradi.

9.6. Yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim shakllarini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi tasdiqlagan nizomlarga va meyoriy xujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

9.7. Filialga mehnat safariga kelgan shaxslarga filial yotoqxonalarida yashashga ruhsat etadi. Yashash uchun haq to‘lash o‘rnatilgan tartibga ko‘ra amalga oshiriladi.

X. TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG‘ONA FILIALINING MULKI.

Ajratilgan bino va uning ichidagi asbob-anjomlari filialning mulki hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari asosida filial hisobidagi mulkni boshqa tashkilotlarga o‘tkazish mumkin.

Filial o‘ziga biriktirilgan bino, jixoz, transport va qurilmalarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berishi mumkin.

Filialdagi ortiqcha va ishlatilmaydigan materiallar, jixozlar, asbob va boshqa narsalar korxona va tashkilotlarga sotilishi mumkin.

Sotuvdan olingan mablag‘lar filial ixtiyorida qolib, o‘quv vosita va jixozlarga ishlatiladi.

XI. MOLIYA – XO‘JALIK FAOLIYATI VA MODDIY – TEXNIK BAZASI.

Filialda ushbu Nizomda nazarga tutilgan faoliyatlarni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (tasischi) binolar inshootlar, mulkiy majmualar filialning pasportiga, muvofiq asbob uskunalar shuningdek, istemol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan.

Filial faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar qatoriga kiritilgan.

Filialga ajratilgan yer maydonlari oliy ta’lim muassasasiga muddatsiz tekin foydalanishga biriktirilgan.

Filialga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, xad’ya yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk, boshqa mulkiy ob’ektlarga, intellektual va ijodiy maxsulotlarga, o‘z faoliyati orqali oladigan daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

Filial mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq filial o‘ziga biriktirilgan, ijaraga berilishi qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan binolar, inshootlar, ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni Ilmiy Kengashning roziligi bilan, tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo‘yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqidan olingan mablag‘lar filialda ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish uchun foydalaniladi.

Filialning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari, davlat tomonidan belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, byudjetdan tashqari mablag‘lar, ya’ni talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lov-shartnoma asosidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Filialning asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 414-sonli qarori asosida Filial hududida va viloyatning tuman (shahar)lari qishloq xo‘jalik ekin maydonlarida tadbirkorlik tizimida faoliyat yuritib, qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar ishlab topish, byudjetdan tashqari tushum mablag‘larini institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun sarflash, qishloq xo‘jalik ekinlari hosilidan olingan oziq-ovqat maxsulotlaridan institut ishchi xodimlari va talabalarini ijtimoiy-himoya qilish maqsadida foydalnadi.

Filial o‘z mulki bilan xo‘jalik organlari va shirkatlarning Nizom jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, maslaxatlar berish, boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilik nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil sarflash huquqiga ega.

Pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o‘rniga amalga oshirilishi mumkin emas.

Filial O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Nizomga zid bo‘lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil xal qiladi.

Filial xodimlarining lavozim maoshlari Mehnat shartnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizom va mehnatga haq to‘lashning yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi. Filial xodimiga lavozim maoshi ish stavkasi, o‘z funktsional vazifalari bajarganligi uchun to‘lanadi. Xodimlarga qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirishni filial mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va xajmda belgilaydi.

Belgilangan maoshlar attestatsiya natijasiga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilib amalga oshiriladi.

Filialda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan xonalarni ajratadi.

Filial tasarrufidagi tibbiy punktga, sog‘lomlashtirish maskanlariga, umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan ta’minlangan xonalar ajratiladi.

Filial binolarini ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va yangilarini qurish moliyaviy ta’minotini qonunchilikda belgilangan «tartibda amalga oshiriladi.

Filialda giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tajriba maqsadida, xayvonlardan o‘quv va ilmiy maqsadlarda foydalanish faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

XII. FILIALNING MOLIYAVIY MABLAG‘ MANBALARI.

– Davlat byudjeti;

– maqsadli mutaxassis tayyorlash (talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar) uchun shartnomalar asosida tushgan mablag‘lar;

– aholiga pullik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar;

– homiylar, ayrim muassasa va boshqa tashkilotlarning ko‘ngilli badallari, ayrim shaxslardan tushgan xayriyalar;

– tegishli grantlardan tushgan mablag‘lar.

XIII. MEHNAT VA HAQ TO‘LASH.

13.1. Filial, direktor orqali, o‘z xodimlarini Konstitutsiyada ko‘rsatilgan mehnat va unga haq olish huquqlarini amalga oshirishga kafolat beradi. Ularga mehnatning miqdori va sifatini hisobga olgan holda, harakatdagi qonunlarga asosan haq to‘laydi.

13.2. Filialning barcha darajadagi xodimlariga filialning ish haqi fondidan tegishli qonun va qoidalarni inobatga olgan holda haq to‘lanadi.

13.3. Belgilangan tartibda tashkil etilgan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida, mutaxassislar nisbatini hisobga olgan holda, amaldagi sxemalarga muvofiq shtatlar jadvali tasdiqlanadi va lavozim maoshlari belgilanadi.

13.4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1998 yil 18 iyundagi 309-sonli buyrug‘iga ko‘ra, shartnoma asosida boshqa tibbiyot institutlaridan xizmat safariga yuborilgan professor- o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘riladi. Ularga byudjetdan tashkari mablag‘lar hisobidan oylik maoshlarining ikki baravariga, haq to‘lash joriy etiladi.

13.5. Filial direktori xodimlarini umumiy soni bo‘yicha shtat ro‘yxatini har yili tasdiqlaydi.

13.6. Filial xujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy etilgan harakatdagi ko‘rsatmalarga muvofiq yuritiladi va rasmiylashtiriladi.

– Filialning tegishli bo‘limlari Davlat statistika va hisoblash boshqarma organlariga belgilangan tartib va shakllarda hisobotlar taqdim etadi.

13.7. Mazkur Nizomga rioya qilishni nazorat qilish filial direktori va uning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.

13.8. Ushbu Nizom tasdiqlangandan keyin, unga o‘zgartirishlar kiritish, filial Ilmiy Kengashi qarori bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy Kengashi tasdiqlagandan so‘ng va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida hisobga olingach kuchga kiradi.

XIV. FILIAL FAOLIYANING TUGATILISHI.

Filialni qayta tashkil qilish yoki tugatish Toshkent tibbiyot akademiyasining va Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Filialning Nizomiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Filialning ushbu Nizomi namunaviy Nizomda belgilangan tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.

Mazkur Nizomni ishlab chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari to‘plami, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat Kodeksi”, amaldagi hukumat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy-huquqiy va uslubiy xujjatlari to‘plamidan foydalanildi.