Talabalar turar joylari

Talabalar turar joylari to‘g‘risida

MA’LUMOT

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali tasarrufida 1 dona talabalar turar joylari mavjud bo‘lib bakalavr yo’nalishidagi talabalar uchun ajratilgan. Xorijdan tashrif buyuruvchi talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlariga biriktirilgan talabalar turar joylarida istiqomat qilishadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining turar joyi 2016 yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan. TTJlarda xar yoz mavsumida (ta’til davomida) joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. TTJ kutubxona mavjud bo‘lib ularda WI-FI xududlar tashkil etilgan.

TTJning umumiy sig‘imi – 300 nafar talabaga mo‘ljallangan.

Sharoiti

Yotoqxona 3 qavatdan iborat. Har bir qavatda aloxida yuvinish xonasi (dushxona) va xojatxona mavjud. Har bir qavat mebellar bilan jixozlangan. Yotoqxonaning  har bir qavatida 2 tadan oshxona va dazmollash xonasi, kir quritish xonasi, dam olish xonasi mavjud. Ma’naviyat-ma’rifat xonalarida talaba yoshlarimiz  yurtimizda va jaxonda bo‘layotgan voqea va xodislardan xabardor bo‘lishlari uchun 8 turdagi  gazeta jurnallar bilan ta’minlangan. Yotoqxona kapital ta’mirlangan.

Manzil: Farg‘ona shahar Said Ahmad ko‘chasi 57-uy.

Talabalar turar joyi boshlig‘i: 

Niyozova Odina Qosimjonovna

Telefon: 0(373)243-00-18