O’qishga marhamat!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG’ONA FILIALI O’QISHGA TAKLIF ETADI.

Institutimiz 1992-yilda tashkil topgan bo’lib, uni hozirgacha bitirib chiqqan 650 dan ortiq oliy ma’lumotli mutahasislar Farg’ona vodiysi, balki boshqa viloyatlar hamda qo’shni davlatlarning Davolash profilaktika muassasalari, Davlat Sanitariya epidamologiya Nazorat markazlarida mutahasis-vrach bo’lib hizmat qilmoqda.

Hozirda filialimizda “Tibbiy profilaktia ishi”, “Kasbiy ta’lim: Tibbiy pedagogic ishi” va “Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishi bo’yicha shifokorlar tayyorlanmoqda. Filialda 8ta kafedra mavjud bo’lib, ularda 56 nafar professor-o’qituvchilar, shu jumladanfan doktori-professor va 21 nafar fan nomzodi-dotsentlar talabalarga tibbiy bilim sirlarini o’rgatishmoqda.

O’quv jarayoni zamonaviy o’quv-tehnik vositalari, audio-audio apparaturalaribilan jihozlangan auditoriyalarda va o’quv laboratotiyalarida olib boriladi. Filialda 100 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar mavjud bo’lib, har 4 talabaga 1 kompyuter to’g’ri keladi. Kutubxonaga 10 ta kompyuter o’rnatilgan va ularning barchasi internet tarmog’iga ulangan. Ulardan talabalar bemalol foydalanadilar.

Talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun barcha sharoyitlar yaratilgan. Filial hududida stadion va sport maydonchalari mavjud, sport zali va sport turlari bo’yicha seksiyalar, 10 dan ortiq turli to’garaklar ishlab turibdi, 150 o’rinli ovqatlanish shaxobchasi talabalarga hizmat qiladi.

Filialimiz olimlari tomonidan yuqori kurslarning iqtidorli talabalari ishtirokida “Farg’ona vodiysi tashqi ekologik muhiti va ishlab chiqish omillarini inson salomatligiga ta’siri” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

“Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishini bitirgan yosh mutahasislar “Vrach-umumiy gigienist epidomolog” ixtisosligini oladilar, kommunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi, kasb kasalliklari, sud tibbiyoti, o’smir yoshdagilar vrachi, vrach labarant, bakterialog, virusolog, dietolog, epidomolog, parazitolog, sog’liqni saqlash tashkilotlari, latanatom vazifalarida shahar va tuman sanitariya epidamologiyanazorati markazlari, shifoxonalarida ishlaydilar. O’qish muddati 6 yil.

“Kasb ta’lim: Tibbiy pedagogik ishi” yo’nalishini bitirgan yosh mutahasislar “Umumiy amaliyot shifokori” ixtisosligini oladilar va shahar va tuman markaziy shifoxonalarida, poliklinikalarda, qishloq vrachlik punktlarida shifokor bo’lib ishlaydilar. Bundan tashqari kasb-hunar kollejlarida tibbiy bilim asoslarifanlaridan pedagog sifatida dars berishlari mumkin bo’ladi. O’qish muddati 7 yil.

“Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishini bitirgan yosh mutahasislar bakalavr darajasiga ega bo’ladilar va ular davolash-profilaktika ishi, tibbiyot muassasalarida tashkiliy boshqaruv information, analitik tibbiy- ijtimoiy, ilmiy va pedagogic faoliyatlar bilanshug’ullanishlari mumkin. Ushbu mutahasislikka tibbiyot kollejlarini bitirgan o’g’il va qizlar qabul qilinadi.O’qish muddati 3 yil.

“Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishiga:

Kimyo (3.1)

Biologiya (2.1)

Ona tili va adabiyot (1.1)

“Kasb ta’lim: Tibbiy pedagogik ishi” yo’nalishiga:

Kimyo (3.1)

Biologiya (2.1)

Ona tili va adabiyot (1.1)

“Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishiga:

Biologiya (3.1)

Ona tili va adabiyot (1.1)

Bundan tashqari  hamshiralik kasbiy va mahorati bo’yicha ijodiy imtihon o’tkaziladi.

Leave a Reply