Odam savdosi-davr muammosi

Odam savdosi-davr muammosi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Mamlakatimizda aholining madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiyani yaxshilashga qaratilgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb belgilandi. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” asosida respublika Oliy ta’lim muassasalarida ham targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent  tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida ham “Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar hodimlari, filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Talabalarga “Sotuvga qo‘yilgan odamlar” videoroligi namoyish etildi. Undan so‘ng Farg‘ona viloyayi IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi hodimi, kapitan B. Madaminov viloyatimizda o‘tkazilayotgan odam savdosinioldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida yig‘ilganlarni tanishtirdi. Undan so‘ng Manaviyat va ma’rifat markazi rahbar o‘rinbosari Sh.To‘ychiyev “Odam savdosi-manaviyat kushandasi” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Filial kata yurist konsultanti, ikkinchi darajali yurist M. Turdimatov talabalarga mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan yuridik konsultatsiya berdi.